Amerikaning Tennessi ştatida 30-sentabr kuni 50 yoşli mahbus, 31 yil oldin odam öldirgan Krista Paykni qatl etmoqçi bölişdi. Agar hukm ijro etilganida, Payk mazkur ştatda 1820-yildan keyingi davrda qatl etilgan ilk ayol bölgan bölardi (butun AQŞ böyiça 1970-yillardan buyon jami 18 ayol qatl etilgan, qatl etilgan erkaklar soni esa 1 663 nafarni taşkil etadi).

1995-yilda Payk va uning yigiti Tadaril Şipp Kollin Slemmer ismli qizni öldirişadi – juftlik öz qurboni bilan xulq-atvorida muammosi bölgan ösmirlar uçun kasbga tayyorlaş lagerida tanişib qolişgandi. Öşanda 18 yoşda bölgan Payk birinçi darajali qotillik sodir etişda aybdor deb topiladi va ölim jazosiga hukm qilinadi. Jinoyatni sodir etiş vaqtida voyaga yetmagan (17 yoş) bölgan Şipp esa şartli ravişda muddatidan oldin ozod qiliş imkoniyati bilan umrbod qamoq jazosiga hukm qilinadi.

Hukm eʼlon qilinganidan keyin Paykning bolaligi oğir ötgani va salomatligida muammolari borligi maʼlum böladi. Ota-onasi qiziga yetarliça vaqt ajratmagan, ögay otasi tomonidan jinsiy zöravonlikka uçragan, 11 va 17 yoşlarida esa zörlangan. Keyinroq unga posttravmatik stress va bipolyar buziliş taşxisi qöyiladi.

Inson huquqlari taşkilotlari, jumladan, Amnesty International va Amerika fuqarolik erkinliklari ittifoqi (ACLU) Tennessi gubernatori Bill Lini vaziyatga aralaşib, ölim jazosini boşqa jazo bilan almaştirişga çaqirdi.

Afv etiş haqidagi iltimosnomada Paykning özi faqat yillar ötibgina öz jinoyatini töliq anglay olganini yozgan: «Men ruhiy jihatdan nosoğlom 18 yoşli bola edim. Qilgan işimning oğirligini tuşuniş uçun menga yillar kerak böldi. Va bu qança odamga taʼsir qilganini anglaş uçun yanada köproq vaqt. Men kimningdir farzandini, singlisini, döstini hayotdan mahrum qildim. Bunday jinoyatga qöl urganim haqidagi fikr hozir könglimni ozdiradi».

photo_2026-10-01_16-26-24
Foto: Tennesse Department of Corrections via AP
Krista Paykning hozirgi körinişi

Paykning advokatlari unga çiqarilgan ölim hukmi ijro etilişi Tennessi ştati uçun favqulodda bölişiga eʼtibor qaratgan. Şu vaqtgaça ştatda Paykdan taşqari faqat yetti nafar mahbus 18 yoşida sodir etgan jinoyati uçun ölim jazosiga hukm qilingan. Keyinçalik bu holatlarning barçasida ölim jazosi umrbod qamoq jazosi bilan almaştirilgan. Şunday qilib, Payk Tennesida ösmirlik davrida sodir etgan jinoyati uçun qatl etiladigan yagona odam bölişi mumkin.