14-oktabr tongida ukrainalik harbiylar Starshield faoliyatidagi çeklovlar töğrisida xabar bera boşlaşdi – bu Starlink’ning yuqori tezlikda uçuvçi dronlar bilan aloqani taʼminlaş uçun zarur bölgan harbiy versiyasidir. Ukraina prezidenti maslahatçisi Sergey Beskrestnov Volodimir Zelenskiy hamda Donald Tramp örtasidagi nizoni nazarda tutgan holda «bu tasodif bölişi mumkin emasligi va hozirgi siyosiy vaziyat bilan boğliqligi»ni aytdi. 15-oktabr tongida Ukraina mudofaa vazirligi tizim yana işlay boşlaganini maʼlum qildi. Şu bilan birga, AQŞda heç kim Starlink öçib qolgani uçun masʼuliyatni öz zimmasiga olişni istamayapti. Quyida bu mavzu atrofida qanday gaplar bölgani haqida qisqaça.

Volodimir Zelenskiy, Ukraina prezidenti. Bu ularning qarori. Bu katta xato. Texnik sabab bölişi ham mumkin. Agar hujumlar davom etsa va Starlink işlamasa, odamlar halok böladi. Ulardan hammasini qaytadan yoqişni söraymiz. Bu adolatdan böladi.

Ilon Mask, SpaceX rahbari. Starshield AQŞ hukumati tomonidan nazorat qilinadi. Tezlik yoki foydalaniş böyiça har qanday çeklovni harbiylar va AQŞ prezidenti belgilaydi.

Oq uyning anonim vakili. AQŞ prezidenti maʼmuriyati Starlink faoliyatida yuzaga kelgan uzilişlarga aloqador emas.

Oq uy, rasman. Starlink haqidagi savollarga biz javob bermaymiz. Prezident hamon uruşni yakunlaşda konstruktiv rol öynaş qarorida qatʼiy.

Tom Tillis, amerikalik senator. Men mudofaa vaziri Pit Hegset şaffoflik körsatişini umid qilmayman, şuning uçun biz Kongress tomonidan tergovni boşlaymiz. Eng yaxşi holatda bu qabul qilib bölmaydigan xato, eng yomon holatda esa – Rossiya hujumi uçun maydon oçişga qaratilgan ongli qaror edi.