Prezident Şavkat Mirziyoyev şaxmat va paraşaxmat böyiça Özbekiston jamoalari aʼzolari hamda ularning yaqinlari bilan uçraşuv ötkazmoqda.
Davlat rahbari şaxmatçilarni 46-Butunjahon şaxmat olimpiadasidagi tarixiy ğalaba bilan yana bir bor tabrikladi.
– Ikki karra Olimpiada çempioni degan yuksak va şarafli unvon barçamizga, butun Özbekiston xalqiga muborak bölsin! – dedi prezident.
Samarqanddagi Olimpiada oddiy sport musobaqasi bölmagani taʼkidlandi. Unda 200 dan ortiq mamlakatdan qariyb 2 ming şaxmatçi, jumladan, kuçli grossmeysterlar va amaldagi çempionlar jam böldi.
– Şunday ulkan raqobat içida Özbekiston bayroğini eng balandga kötariş bu haqiqiy jasorat, katta aql-zakovat va mustahkam iroda namunasidir, – dedi davlat rahbari.
Ğalabaga öz yurtimizda, xalqimiz köz öngida erişilgani unga alohida maʼno bağişladi. Olimpiadani bevosita kuzatiş uçun Samarqandga 60 mingdan ortiq mehmon keldi; hududlardagi fan-zonalarda qariyb 500 ming muxlis, teleyekran va internet orqali esa millionlab vatandoşlarimiz öyinlarni kuzatdi.
Prezident özi ham hal qiluvçi partiyalarni katta qiziqiş bilan körganini aytdi: “Baʼzi partiyalarda sizlar nafaqat raqiblaringizni, balki bizni ham kuçli hayajonda uşlab turdingizlar”.
Davlat rahbari amaldagi Olimpiada çempioni Hindiston jamoasi bilan uçraşuvga alohida töxtaldi. Nodirbek Yoqubboyevning Nihal Saringa qarşi partiyasida vaziyat bir payt juda oğirlaşganini esladi.

– Lekin sen oxirigaça mardona kuraşding. Nihoyatda topqirlik bilan qöllagan taktik yurişlaring vaziyatni butunlay özgartirdi va jamoamizga hal qiluvçi ğalabani olib keldi, – dedi prezident.
Hindiston ustidan ğalabadan söng Özbekiston yakkapeşqadamga aylandi. Keyin şaxmatçilar Xitoy jamoasini 3:1 hisobida mağlub etib, jahon reytingi yetakçisi va olti karra Olimpiada çempioni bölgan AQŞ terma jamoasidan ham ustun keldi.
Prezident Nodirbek Abdusattorov butun musobaqani mağlubiyatsiz ötkazib, birinçi taxtada oltin medalni qölga kiritganini eʼtirof etdi. Uning amerikalik Fabiano Karuanaga qarşi murakkab endşpildagi ğalabasi ham alohida esga olindi: “Buning özi alohida katta natija!”.















