Oʻzbekiston vitse-chempioni «Paxtakor» Elit Osiyo Chempionlar Ligasi asosiy bosqichi ikkinchi turida ham durang natijani qayd qildi.

Toshkentliklar 12-oktabr kuni oʻz maydonida Saudiya Arabistonining «Al-Qodisiya» klubiga qarshi oʻynadi. 35-daqiqada Tijani Reynders mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqqan boʻlsa, Dostonbek Hamdamov 89-daqiqada penaltidan hisobni tenglashtirdi.

Avvalgi turda «Paxtakor» Saudiya Arabistonining yana bir klubi «Al-Ahli» (1:1) bilan safarda durang oʻynagan edi.

Toshkent klubi OCHL doirasida navbatdagi oʻyinni 26-oktabr kuni safarda Iroqning «Al-Quvva Al-Javiya» klubiga qarshi oʻtkazadi.

Elit OCHL. Gʻarb mintaqasi. 2-tur

12-oktabr, Toshkent, «Paxtakor» stadioni

PAXTAKOR (Oʻzbekiston) - AL-QODISIA (Saudiya Arabistoni) 1:1

Gollar: Dostonbek Hamdamov (89 pen) - Tijani Reynders (35)

Bosh hakam: Choy Hyun Jai (Janubiy Koreya)

«Paxtakor»: Vladimir Nazarov, Zaid Tahsin, Murtazo Puraliganjiy (Sardor Sobirxoʻjayev 82), Hojiakbar Alijonov, Akmal Mozgovoy, Bashar Resan (Oybek Bozorov 77), Abdurauf Boʻriyev, Sherzod Nasrullayev, Flamarion (Dostonbek Hamdamov 77), Muhammadrasul Abdumajidov, Stefen Chinedu (Aymen Husayn 77)

Bosh murabbiy: Emilian Karas (Moldova)

«Al-Qodisiya»: Koyen Kastels, Jihod Zikriy, Yulian Vaygl, Nahitan Akosta, Musab Al-Juvayr (Muhammad Al-Qahtoniy 69), Tijani Reynders, Pedro Gaston, Kristofer Baa (Sulaymon Sani 81), Ali Diabate (Yosir Ash-Shahroniy 69), Mateo Retegi, Xulian Kinones

Bosh murabbiy: Brendan Rojers (Shimoliy Irlandiya)

Ogohlantirishlar: Akmal Mozgovoy (33), Ali Diabate (62)