Rubioning sözlariga köra, uçraşuvda u tarixiy Samarqand şahrida «S5+1» formatidagi muloqotni taşkil etgani uçun Özbekiston hukumatiga samimiy minnatdorlik bildirgan.
Muzokaralarda ikki mamlakatda iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytiriş va iş örinlari yaratiş böyiça birgalikdagi işlar muhokama qilingan. Şuningdek, xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni mustahkamlaş hamda «S5+1» diplomatik platformasi doirasidagi özaro hamkorlikka eʼtibor qaratilgan.
«Prezident Mirziyoyev qölidan “Buyuk xizmatlari uçun” ordenini oliş men uçun katta şaraf böldi», - deya taʼkidlagan AQŞ davlat kotibi.
«S5+1» formati Markaziy Osiyoning beş davlati - Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Turkmaniston hamda AQŞni birlaştiradi. Uşbu muloqot formati 2015-yil noyabrda Samarqandda işga tuşirilgan.












