Dekret va bola pulini tölaşdagi diskriminatsiya: bunga barham beriladimi?
|21:29 / 27.12.202066 2209 min
Özbekistonda davlat taşkilotlarida işlaydigan ayollarga bola parvarişi nafaqasi tölanmaydi. Xususiy sektorda band ayollarning esa «dekret puli» ham, bola parvarişi nafaqalari ham iş beruvçining «saxovati»ga boğlanib qolgan. Bu – nafaqat ayollarni kamsitiş, balki qonunbuzilişi hamdir.
Özbekistonda 18–30 yoş oraliğidagi xotin-qizlarni – ular OTMni tugatganmi-yöq, bu ahamiyatsiz – iş beruvçilar unçalik ham xuş körmaydi.
Sababi oddiy: ular yaqin orada farzandli bölsa, baribir homiladorlik va tuğuruq, undan keyin bola parvarişlaş ta'tiliga ketişadi. Bunday xodimga esa homiladorlik va tuğiş hamda bola parvarişlaş ta'tili uçun nafaqa tölaşga töğri keladi. Yana yangi xodim topiş masalasi köndalang böladi.
Davlat taşkilotlarida işlaydigan xotin-qizlar uçun budjetdan homiladorlik va tuğiş böyiça nafaqa pullari ajratiladi. Lekin xususiy sektorda işlaydigan xotin-qizlarga «dekret puli» iş beruvçi zimmasiga yuklatilgan. Bu esa xodimga «dekret puli» beriş rahbarning insofiga boğliq bölib qolişini anglatadi.
Mehnat qonunçiligini yaxşi tuşungan va hurmat qilgan rahbarlar homiladorlik va tuğiş nafaqasini berişdan qizğanmaydi, lekin bunday bölmagan iş beruvçilar yöq deb heç kim ayta olmaydi.
9 yoşgaça bolalarning 30 foizi kambağal oilalarda yaşaydi — YUNISEF
YUNISEF 2020 yilda e'lon qilgan hisobotida ta'kidlaydi: onaga nafaqa tölaş mas'uliyati iş beruvçiga yuklanişi – reproduktiv yoşdagi ayollarni işga yollaşga tösqinlik qiladi va nafaqat şu ayollarning, balki umuman yoş oilalarning zaifligini oşiradi.
Xalqaro taşkilot tahlillariga köra, Özbekistonda 9 yoşgaça bölgan bolalarning taxminan 30 foizi va 10 yoşdan 14 yoşgaça bölgan bolalarning 24 foizi aholining eng kambağal qatlamlariga mansub oilalarda yaşaydi.
Demakki, yoş oilalarda onaning farzand tarbiyasi bilan şuğullanişi va bu muddatda daromadsiz qolişi oilaning moddiy jihatiga ham ta'sir qiladi.
Moliya vazirligi taqdim etgan ma'lumotga köra, 2019 yilda budjet taşkilotlarida davlat budjeti mablağlari hisobidan tölangan homiladorlik va tuğiş böyiça nafaqalar bir xodimga örtaça 4,5 million sömdan töğri kelgan.
Jami 111 513 nafar xodimga 507,9 mlrd söm homiladorlik va tuğiş böyiça nafaqalar tölangan.
2020 yilning 10 oyida esa 106 355 nafar xodimga 507,2 mlrd söm tölab berilgan. Bu yil
Mavzuga oid
bir xodimga örtaça 4,8 mln söm töğri kelgan
.
2021 yilda esa homiladorlik va tuğiş böyiça nafaqalar tölovi uçun 414,207 mlrd söm ajratilişibelgilangan.
«Dekret puli» qanday tölanadi?
«Davlat ijtimoiy suğurtasi böyiça nafaqalar tayinlaş va tölaş tartibi töğrisida»gi Nizomga köra:
budjet taşkilotlari tomonidan – mehnat haqi jamğarmasiga ajratiladigan budjet mablağlari doirasida;
xöjalik yurituvçi sub'yektlar tomonidan – foyda soliğini hisoblaşda mazkur xarajatlar soliqqa tortiladigan bazadan çiqarib taşlangan holda şaxsiy mablağlari hisobidan amalga oşirilişi belgilangan.
budjet taşkilotlarida işlovçi xodimga işlagan kundan boşlab 12 oygaça – tuğuruq ta'tiliga sarflangan vaqt uçun örtaça oylik iş haqining 75 foizi;
işlagan kundan boşlab 12 oydan ortiq – tuğuruq ta'tiliga sarflangan vaqt uçun oylik iş haqining 100 foizi miqdorida homiladorlik va tuğuruq uçun nafaqa tölanadi.
Ikki xil kamsitiş
Muhammadamin Karimjonov, Toşkent davlat yuridik universiteti öqituvçisi:
— 2002 yilda qabul qilingan nizomga köra, budjetdan taşqari taşkilotlarda işlovçi ayollarga soliqlarni çegirib qolgan holda iş beruvçi hisobidan «dekret puli» tölanişi qayd etilgan. Ya'ni «dekret puli» xususiy sektorda işlayotgan xodimning işxonasi hisobidan tölanişi kerak. Bu esa iş beruvçilar orasida xodimlariga bu pullarni tölab bermaydiganlar ham bölişiga sabab böladi.
Keyingi örinda budjet taşkilotlarida işlaydigan ayollarga «pul yöq»: tuğuruq nafaqasini olgan davlat budjeti taşkilotlarida işlovçi xotin-qizlar bola parvarişi pulini olişga haqli emas.
Mehnat qonunçiligiga köra, ayol homiladorlik va tuğuruq ta'tilidan söng bola parvarişi ta'tiliga çiqişi mumkin. Biroq bola parvarişi ta'tili uçun budjet taşkilotlarida işlovçilarga nafaqa tölanmaydi.
Bunga taalluqli nizomga köra, budjetdan taşqari taşkilotlarda işlayotgan onalarga mehnatga haq tölaşning eng kam miqdoriga nisbatan hisoblanib, 470–480 ming söm atrofida nafaqa tölanadi. Bu – budjetdan taşqari taşkilotlarga taalluqli.
Oçiğini aytiş kerakki, bu holatlar töla kamsitiş sifatida baholanadi. Bu – Mehnat kodeksining 6-moddasida aniq qilib yozilgan. Sababi, har ikkala holatda budjet va budjetdan taşqari taşkilotlarda işlovçi ayollar kamsitilmoqda.
«Dekret puli» masalasida xususiy sektorda işlovçi ayollar, bola parvarişi nafaqasi masalasida budjet taşkilotlarida işlovçi ayollar kamsitilmoqda.
Mehnat kodeksi oçiqdan oçiq buzilmoqda
Muhammadamin Karimjonovning qayd etişiça, Mehnat kodeksining 286-moddasiga köra, «dekret puli» xodimga 100 foiz tölanişi kerak. Biroq hozirgi tartibda işlayotganiga 12 oy bölmagan xodimlarga dekret puli 75 foiz tölanişi haqidagi tartib Mehnat kodeksining oçiqdan oçiq buzilişi hisoblanadi.
Tegişli nizom va qarorlarning qonunlarga, kodeksga zid kelayotgani, lekin qonunlarga emas, qaror va nizomlarga tayanib iş körilayotgani esa qonunbuzilişi hisoblanadi.
Budjet kamsitgan ayollar
Telegram'dagi Bakiroo kanali muallifi, iqtisodçi Otabek Bakirov bu mavzuda şunday yozadi:
— Yangi yil budjetida homiladorlik va tuğiş nafaqalarini tölaş bilan boğliq xarajatlarga 414,2 mlrd söm pul ajratilgan. Lekin bu pullar faqat budjet taşkilotlarda işlaydigan ayollarga möljallangan.
Qolgan ayollarga-çi dersiz. Qolganlarga budjetdan pul yöq. Aniqroği, ularga dekret puli tölaş (amalda tölamaslik) iş beruvçilarning özlariga yuklab qöyilgan.
Yangi zamonda ötgan davrning köp oğriqli muammolariga barham berildi, lekin ayollarga dekret pulini budjet hisobidan qoplaş borasida qurumsoqlik va qori-işkambalik davom etmoqda.
Vazirlik va idoralarni bolalatib taşlagan, sanoqsiz vazirlariga Mercedes, tiyiqsiz hokimlariga Tahoe mindirib qöygan serxarajat davlat ayollarning kelajak avlodni yaratiş bilan boğliq mehnatga layoqatsizligi paytida qöllaşga ojizdek göyo.
Har bir mas'ul davlat bölajak fuqarolarini dunyoga keltirayotgan öz ayollarining haqli nafaqasini öz zimmasiga töliq olişi kerak.
Ayollarga imtiyozli kredit yo sadaqa kabi köz körsin yordamlar kerak emas, ularga özlarining haqi – işlagan vaqtida tölagan soliqlari va iş beruvçilari tölagan yagona ijtimoiy tölovlari hisobiga şakllanadigan dekret pullari qaytarilişi zarur, deydi Bakirov.
«Körpaga qarab oyoq uzatiş deganday..»
Yaqinda bölib ötgan Senatning 10-yalpi majlisida senatorlar homiladorlik va tuğiş nafaqalari böyiça moliya vaziri Temur Işmetovga savol berdi.
Moliya vaziridan homiladorlik va tuğuruq nafaqalari uçun budjetdan mablağ qay tartibda ajratilişi,xususiy sektordagi xodimlarga bu turdagi nafaqalar uçun budjetdan pul ajratilmasligi haqida söraldi.
«Mablağ ajratilişidan oldin tegişli tartibda vazirlik va idoralarga sörovnomalar beriladi. Moliya vazirligi bu sörovnomalarni umumlaştiradi. Körpaga qarab oyoq uzatiş deganday... Hamma yönalişda ham yuqori talab darajasida mablağ ajratilmaydi», – deya javob berdi Işmetov.
Timur Işmetov / Foto: Senat axborot xizmati
Vazir örinbosari Jamşid Abruyevning qayd etişiça, bu masala böyiça ijtimoiy himoya konsepsiyasi işlab çiqilgan.
«Kelgusida ijtimoiy suğurta tizimini joriy etiş va bosqiçma-bosqiç homiladorlik nafaqalarini iş beruvçi emas, ijtimoiy suğurta mablağlari hisobidan tölab beriş masalasi körilmoqda», – dedi Jamşid Abruyev.
Xulosa örnida
Fikrimizça, ona böliş arafasida turgan qizlar davlat himoyasida ekanini sezişlari lozim. Buning uçun ularga (soliq tölovçilarga) barça turdagi moliyaviy qöllab-quvvatlaş davlat tomonidan kafolatlanişi şart.
Bölajak ona yoki farzandli bölgan ayollar «dekret puli» yoki bola parvarişi nafaqasi uçun iş beruvçining oldida ham, MFY idorasi eşigida ham sarğayib turmasligi zarur.
Bu masala deputatlar va senatorlar, Gender komissiyasi, Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi va Moliya vazirligining kun tartibiga kiritilişi maqsadga muvofiq.
Bir söz bilan aytganda, ayollar huquqlari toptalişiga, qonunbuzilişiga çek qöyilişi lozim.