Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Moskva 300 mingga yaqin kişini safarbar qilişi mumkinligi haqidagi ssenariyni işonarli deb hisoblaşini bildirdi. DW xabariga köra, u bu haqda 24-sentabr, payşanba kuni TF1 va France 2 telekanallari efirida gapirgan.
«Ular öz saylovlarini kutişdi. Saylovlar ötdi va bugun Rossiya bu işni amalga oşirişi aniq», - dedi Makron. U 18–20-sentabr kunlari Rossiya Davlat dumasiga bölib ötgan saylovlarni nazarda tutgan.
Fransiya prezidentining qöşimça qilişiça, Moskva safarbarlikni rasman eʼlon qiladimi yoki uni yaşirin tarzda ötkazadimi - hozirça nomaʼlum.
Makron Rossiya bunday qadamga tayyorgarlik körayotganini körsatuvçi bir neçta belgi kuzatilganini aytdi. AQŞ, Yevropa va Ukraina razvedkalarining maʼlumotlariga munosabat bildirib, u: «Bu bizga işonarli bölib körinayotgan ssenariy», - deya taʼkidladi.
Yevropada duşmanlik harakatlari köpaygan
Makronning aytişiça, sönggi haftalarda Yevropa böylab duşmanona harakatlar soni ortgan. U ötgan hafta siyosiy kuçlar vakillarini yiğib, ularni tahdidning kuçayişi va buning Fransiya uçun oqibatlari haqida ogohlantirganini maʼlum qildi.
Fransiya prezidentining fikriça, Moskva yevropaliklar Kiyevga yordam berayotgani sababli Yevropani Ukrainaning strategik orqa hududi deb hisoblaydi. U Ukraina Rossiyani uruşni töxtatişga majbur qiliş maqsadida uning neftni qayta işlaş zavodlari va boşqa obyektlariga zarbalar berayotganini ham qayd etdi.
«Şu sababli Yevropa nişonga aylanişi mumkin», - dedi Makron.
Uning taʼkidlaşiça, hujumlar axborot maydonida yolğon maʼlumotlarni tarqatiş orqali, şuningdek, kibermakonda ham amalga oşirilmoqda.
Fransiya muhim infratuzilmani himoya qiliş rejasini tayyorlamoqda
Makron 18-sentabr kuni Rossiya tomonidan gibrid hujumlar xavfi ortib borayotgani fonida Fransiya öta muhim infratuzilmani himoya qiliş rejasini işlab çiqayotganini maʼlum qilgan edi.
Xabarda qayd etilişiça, avval Rossiya saylovlarga aralaşiş va migrantlardan Yevropaga bosim ötkaziş vositasi sifatida foydalanişda ayblangan bölsa, endi Yevropa maxsus xizmatlari diversiyalar, qasddan öt qöyiş, muhim infratuzilmaga hujumlar va havo hududi buzilişi holatlarida ham Rossiyaning ehtimoliy iştirokini tekşirmoqda.









