«Dilmurod Hamidullayeviç Nabiyev boşqa işga ötişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri lavozimidan ozod etilsin», deyiladi prezident matbuot xizmati tomonidan e'lon qilingan farmonda.
Dilmurod Nabiyev 2018 yil iyulidan buyon vazirlikka rahbarlik qilib kelayotgandi. Hozirça uning keyingi faoliyati xususida ma'lumot yöq.
Eslatib ötamiz, prezident Şavkat Mirziyoyev 27 yanvar kuni ötkazilgan yiğilişda yaqin kunlarda bir nafar hokim va vazir lavozimini tark etişini ma'lum qilgandi.
«Bir hafta içida kadrlar masalasi böyiça bir qarorga imzo qöyaman. Biz işongan ayrim amaldorlar aravani tortmayapti. Ular sadoqatli odam, lekin işni bajara olmayapti. Şunça va'zxonlik yetadi, ularga qança imkoniyatlar berdik, ammo samarali natija körsatişmadi. Boşqaça işlaş vaqti keldi», degandi prezident.
Ma'lumot uçun, bungaça 2021 yil boşidan buyon ikki vazirlikda rahbarlar almaşgandi - Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidov hamda Uy-joy kommunal xöjalik vaziri Muzaffar Soliyev işdan olingandi.












