Prezident Şavkat Mirziyoyev Qaşqadaryoga taşrifida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça yiğiliş ötkazmoqda.
Davlat rahbari Qaşqadaryo uçun eng dolzarb masalalardan biri aholini içimlik suvi bilan taʼminlaş ekanini taʼkidladi.
Joriy yil ajratilgan 1 trillion söm hisobidan 747 kilometr suv va kanalizatsiya tarmoği hamda 43 ta inşoot qurilişini ikki oyda yakunlaş topşirildi. Natijada 200 ming aholi toza içimlik suvidan bahramand böladi.
Hisorak suv omboridan Qarşi şahri, Qamaşi, Ğuzor va Qarşi tumaniga tarmoq tortiş loyihasini boşlaş uçun 100 milliard söm ajratildi. Yana 210 million dollar jalb etib, loyihani sifatli amalga oşiriş vazifasi qöyildi. Bu orqali 350 ming aholi toza suv bilan taʼminlanadi.
Nişon, Kasbi, Mirişkor, Muborak va Qarşi tumanidagi yana 700 ming aholining suv taʼminotini yaxşilaş maqsadida Tolimarjon – Muborak suv tizimini rekonstruksiya qiliş loyihasi boşlanmoqda. Uning texnik-iqtisodiy asoslarini 1-aprelgaça yakunlaş va loyihaga 150 million dollar jalb etiş rejalaştirilgan.

Qaşqadaryoda yöl infratuzilmasini yaxşilaş böyiça ham yirik loyihalar amalga oşiriladi. Osiyo taraqqiyot banki bilan A-380 avtomobil yölining viloyatdan ötuvçi 100 kilometr qismini rekonstruksiya qiliş boşlanadi. Loyiha qiymati 350 million dollar.
Qarşi şahrining aylanma yöli 5,5 kilometrga uzaytirilib, mazkur magistralga ulanadi. Masʼullarga texnik-iqtisodiy asoslarni şu yil yakunlab, yanvardan qurilişga kirişiş topşirildi.
“Qarşi – Pomuq” va “Ğuzor – Beynau” yöllaridagi temir yöl kesişmalarida poyezd ötayotgan vaqtda katta tirbandlik yuzaga kelmoqda. Bu joylarda qiymati 250 milliard söm bölgan ikkita zamonaviy yöl ötkazgiç quriladi.












