Osiyo öyinlari. Çorakfinal
Özbekiston – Saudiya Arabistoni 3:0
Gollar: Dilşod Murtazoyev (12), Azizbek Tölqinbekov (78), Firdavs Abdurahmonov (86).
Özbekiston – Samandar Muratbayev, Saidxon Hamidov, Dilşod Murtazoyev, Ğiyos Rizaqulov (Dilşod Abdullayev, 81), Quvonç Xuşvaqtov, Sardor Bahromov (Firdavs Abdurahmonov, 81), Saidumar Saidnurullayev (Ollobergan Karimov, 62), Muhammadali Örinboyev (Nurlan Ibraimov, 85), Asilbek Jumayev (Şodiyor Şodiboyev, 85), Azizbek Tölqinbekov, Röziboy Fayzullayev.
Yaponiya mezbonligida bölib ötayotgan Osiyo öyinlarining futbol böyiça turnirida Özbekiston jamoasi öz yurişini muvaffaqiyatli davom ettirdi.
Ravşan Haydarov şogirdlari çorakfinalda Saudiya Arabistoni vakillariga qarşi maydonga tuşib, yirik hisobda ğalaba qozondi.
Öyinning 12-daqiqasida Sardor Bahromov jarima zarbasini ijro etdi, raqib darvozaboni töpni qaytardi, ammo unga birinçi bölib Dilşod Murtazoyev yetib keldi va hisobni oçdi.
Ikkinçi bölim davomida özbekistonliklar hisobdagi ustunlikni oşirdi. Avvaliga 78-daqiqada Röziboy Fayzullayev tomonidan amalga oşirilgan qarşi hujumni Azizbek Tölqinbekov gol bilan yakunladi.
86-daqiqada esa Firdavs Abdurahmonov öng qanotdan oşirilgan töpni boşi bilan darvozaga yöllab, yakuniy hisobni örnatdi – 3:0.
Özbekiston guruh bosqiçini ham 100 foizlik natija bilan yakunlagandi. 1-turda Filippin 5:1 hisobida doğda qoldirgan, 2-turda ozçilik bilan öynab, Kuvayt ustidan 2:0 hisobida ğalaba qozonilgan, 3-turda esa Vetnam ham şu hisobda taslim etilgandi.









