“6 sotix” muammosi: bugun kadastr olgan odam ertaga qanday muammoga uçraşi mumkin?
|11:55 / 15.10.202632 55716 min
Buxoro şahridagi ayrim holatlar hujjatsiz uy-joylarga bölgan huquqlarni eʼtirof etişdagi ayrim böşliqlarni oçib berdi. Xususan, yerning qaçon egallangani notöğri belgilanişi oqibatida yaxlit hovlining bir qismi tomorqa yeri sifatida rasmiylaştirilyapti. Huquqşunos Bobur Qoryoğdiyev 6 sotixdan ortiq maydonni avtomatik ravişda tomorqa yeri deb rasmiylaştirişning muammoli oqibatlari haqida söz yuritadi.
Özbekistonda yillar davomida hujjatsiz qolib ketgan uy-joy va yer uçastkalariga nisbatan huquqni eʼtirof etiş uçun birinçi umumdavlat aksiyasi – 2018-yil 20-apreldagi 5421-sonli prezident farmoni bilan qabul qilingan bölsa, ikkinçi “aksiya” 2024-yildagi 937-sonli qonun bilan qabul qilindi.
Qonunning maqsadi - uzoq yillardan buyon amalda mavjud bölgan, biroq hujjatlari birinçi umumdavlat aksiyasida ham töliq rasmiylaştirilmagan köçmas mulk obektlarini qonuniylaştirişdir. Ammo qonundagi ayrim normalarning özi yoki ularni qöllaşdagi xatoliklar bugungi kunda yangi muammolarni paydo qilmoqda.
Şaxsiy amaliyotim asosida Buxoro şahrida kuzatilgan holatlar şunday xulosalarga kelişni taqozo qilmoqda. Masala birgina xonadon yoki bitta kadastr hujjati haqida emas. Muammo yuqoridagi qonunning 12-moddasini qöllaş, yerning qaçon egallanganini töğri aniqlaş va 6 sotixdan ortiq maydonni avtomatik ravişda dehqon yoki tomorqa xöjaligi uçun yer sifatida qayd etiş amaliyoti bilan boğliq.
Qonunda 6 sotix qayerdan paydo bölgan?
937-sonli qonunning amaldagi tahriri 12-moddasiga köra, yakka tartibdagi uy-joy qurilgan yer uçastkasi 1999-yil 1-yanvarga qadar egallangan bölsa, barça hududlarda 0,24 gektardan - yaʼni 24 sotixdan - köp bölmagan maydonga ijara huquqi eʼtirof etiladi. Agar yer 1999-yil 1-yanvardan 2018-yil 1-mayga qadar egallangan bölsa, Toşkent va Nukus şaharlarida hamda viloyat markazlarida bu miqdor 0,06 gektar - 6 sotix, qolgan hududlarda esa 0,12 gektar - 12 sotix etib belgilangan.
Qonunga bunday qoidaning kiritiliş tarixi esa Yer kodeksi bilan boğliq. Aynan ilk bor 0,06 gektar - 6 sotixlik çeklov Yer kodeksi orqali kuçga kirgan.
Muhim jihat şuki, 2026-yil 15-iyundagi 1153-sonli qonun bilan 12-moddadagi vaqt çegarasi özgartirildi: avvalgi “1998-yil 1-iyul” sanasi “1999-yil 1-yanvar” sanasiga almaştirildi. Şu sababli bugungi amaliyotda aynan 1999-yil 1-yanvar sanasi mezon sifatida olinişi kerak.
12-modda yana şuni ham belgilaydiki, yakka tartibdagi uy-joy egallagan yerning amaldagi maydoni qonundagi limitdan oşsa, ortiqça qismga bölgan ijara huquqi, boşqa şaxslarning huquq va qonuniy manfaatlariga zarar yetkazmasa, dehqon yoki tomorqa xöjaligini yuritiş uçun eʼtirof etiladi.
Mavzuga oid
Muammo aynan şu yerdan boşlanadi
Tasavvur qiling: Buxoro şahridagi bir hovli 8 sotix. Kadastr uni 2000-yildan keyin egallangan deb qayd etdi. Natijada 6 sotixi yakka tartibdagi uy-joy uçun, qolgan 2 sotixi esa dehqon yoki tomorqa xöjaligini yuritiş uçun rasmiylaştiriladi.
Lekin amaliyotdagi ayrim hovlilarda 6 sotixdan ortiq qolayotgan qism böş yer emas. U yerda önlab yillardan beri turar joy, oşxona, yordamçi bino, ayvon, hovliga kiriş-çiqiş yöli yoki uy-joyga xizmat qiluvçi boşqa inşootlar mavjud. Yaʼni real hayotda bu maydon yagona uy-joy hovlisining tarkibiy qismi.
Şunda hujjat bilan real holat örtasida ziddiyat paydo böladi: davlat bir tomondan mavjud bino va inşootga bölgan huquqni eʼtirof etadi, ikkinçi tomondan aynan şu bino joylaşgan yoki unga xizmat qilayotgan yerning bir qismini “dehqon yoki tomorqa xöjaligi uçun” deb belgilaydi.
Bu oddiy nom masalasi emas. Yer uçastkasidan foydalaniş maqsadi uning keyingi huquqiy rejimiga taʼsir qiladi. Xususan, “dehqon yoki tomorqa xöjaligi uçun” ajratilgan yerlarda bino-inşoot quriş umumiy qoidaga muvofiq taqiqlanadi. Bu degani öz uçastkangizni yangilab, rekonstruksiya qilmoqçi bölsangiz, tomorqa xöjaligi uçun ajratilgan yerga quriliş uçun ruxsat berilmaydi. Bundan ham yomoni, amalda allaqaçon mavjud bino-inşoot bölsa, uning taqdiri “Fuqarolik kodeksi”ning 212-moddasiga köra mulkdor hisobidan buzib taşlaş,qolaversa “Maʼmuriy javobgarlik töğrisida”gi kodeksning tegişli moddalari bilan jarimaga sabab bölişi mumkin.
Şu sababli “ortiqça qismni tomorqa deb yozib qöyamiz, keyin köramiz” degan yondaşuv kelajakda yerning maqsadini özgartiriş, rekonstruksiya, xususiylaştiriş, meros, bitimlar yoki boşqa rasmiylaştiriş jarayonlarida qöşimça huquqiy tösiqlarni yuzaga keltirişi mumkin. Bu oqibatlarning har biri konkret holat va amaldagi yer rejimiga qarab baholanadi, biroq muammoni hozirdanoq inkor etib bölmaydi.
Bitta notöğri sana - butun huquqiy natijani özgartiradi
Buxoro şahridagi konkret murojaat bu muammoni yaqqol körsatadi. Murojaat materiallariga köra, Mohi-Xossa köçasidagi bir xonadon amalda 1987-yildan buyon mavjud bölib, keyinçalik texnik va hisob yuritiş sabablaridan ikki xonadon şaklida alohida qayd etilgan.
1-uy böyiça umumiy yer maydoni 805 kvadrat metr. Xatlov maʼlumotlarida uning 600 kvadrat metri yakka tartibdagi uy-joy uçun, 205 kvadrat metri esa dehqon yoki tomorqa xöjaligini yuritiş uçun ajratilgan. 2-uy böyiça 608 kvadrat metrning 600 kvadrat metri uy-joy, 8 kvadrat metri esa tomorqa sifatida körsatilgan. Murojaatçi esa bu ikki yer uçastkasi aslida 1987-yildan buyon yagona uy-joy hovlisi sifatida foydalanib kelinayotganini körsatgan. Biroq, yer egallangan yilini tasdiqlovçi jamoatçilik dalolatnomasi tuzilganda asossiz 2018-yilga qadar egallangani qayd etilgan. Dalolatnomani şakllantirgan kengaşning asosiy xatosi yer egallangan vaqtning aniq sana bilan emas, balki davr bilan belgilagani bölsa, ikkinçisi yerning egallangan yilini mulkdor hamda mulkdorga tutaş qöşnilardan aniqlik kiritmaganligi bölgan.
Natijada, 1-uy uçun keyinçalik rasmiylaştirilgan kadastr pasporti va davlat reyestri köçirmasida faqat 600 kvadrat metr yerga huquq qayd etilgan, qolgan 205 kvadrat metr uçun esa alohida dehqon yoki tomorqa xöjaligi yeriga kadastr hujjati rasmiylaştiriş tavsiya qilingan. Murojaatçining pozitsiyasiga köra, bu 205 kvadrat metr mustaqil tomorqa emas, balki uzoq yillardan buyon mavjud uy-joy hovlisining ajralmas qismi. Qolaversa, qonunning 12-moddasi qoidasi böyiça 805 kvadrat töliq uy-joy quriş maqsadida eʼtirof etilişi kerak.
Agar yer haqiqatan ham 1987-yilda egallangan bölsa, vaziyat mutlaqo özgaradi. Çunki amaldagi 12-modda 1999-yil 1-yanvargaça egallangan yakka tartibdagi uy-joy yerlariga barça hududlarda 24 sotixgaça bölgan maydon doirasida ijara huquqini eʼtirof etişga imkon beradi. 805 kvadrat metr ham, 608 kvadrat metr ham 24 sotixdan ança kam.
Demak, bu holatda asosiy savol “yer 6 sotixdan oşganmi?” deb emas, undan oldingi va hal qiluvçi savol - “yer qaçon egallangan?” deb qöyişdir.
Yer qaçon egallanganini qanday aniqlaş kerak?
Agar qonunning özi huquq hajmini egallaş sanasiga boğlayotgan bölsa, bu sana taxminiy yoki şablon tarzida belgilanişi mumkin emas. 937-sonli qonunda xatlov va elektron yiğmajildni şakllantiriş jarayonida vakolatli organlar tomonidan tegişli maʼlumotlar va hujjatlar kiritilişi nazarda tutiladi. Amaldagi tartibda yer uçastkasi egallangan yil ham huquqni eʼtirof etiş töğrisidagi qarorda aks etadigan muhim maʼlumotlardan biridir.
Murojaatda yerning 1987-yildan buyon foydalanilganini tasdiqlaş uçun arxiv hujjatlari, texnik inventarizatsiya materiallari, xöjalik daftarlari, yaşaş joyi va kommunal tölovlarga oid maʼlumotlar, şuningdek zarur bölsa aerofoto va kosmik suratlar asosidagi maʼlumotlarni tekşiriş söralgan. Bunda isbotlaş yuki mulkdor zimmasiga töliq tuşmasligi, qolaversa, mulkdordan topiş imkonsiz bölgan hujjatlarni talab qilişga yöl qöymaslik juda muhimdir. Sababi, mulkdor bilan suhbatlaşilganda uşbu masala böyiça 1 oydan ortiq vaqt mobaynida kadastr, adliya, xalq deputatlari kengaşi hamda şahar hokimiyatiga murojaat qilingani, yakunda masala ular tomonidan hal qilina olmasligi haqidagi rasmiy javob xatlarni oliş bilan yakunlangani taʼkidlangan. Xususan, ayrim taşkilotlar murojaatçilarga yerning egallangan yilini tasdiqlovçi, topiş imkonsiz bölgan hujjatlarni sörayotgani ham maʼlum bölgan. Jumladan, suhbatlaşilgan murojaatçilarning biridan yer soliği 1999-yildan oldin tölangani haqidagi hujjatlar körsatilişi zarurligi aytib ötilgan. Vaholanki, soliq kvitansiyalari raqamli bazalarda saqlanişining özi yaqin yillardagina joriy etilgan.
Isbotlaşni qiyinlaştiradigan yana bir jihat şuki, Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi tomonidan taqdim etiladigan yer uçastkalari fotosuratlarining arxiv bazasi ham 2004-yilgaça bölib, undan oldingi rasmlar maʼlumotlar bazalarida mavjud emas. Bunday holatlarda mahalladagi fuqarolar guvohligi hamda mahalla dalolatnomasi yerni egallangan yilini aniqlovçi fakt bölib xizmat qilişi kerak, deb hisoblaymiz.
Bu faqat bitta xonadonning muammosimi?
Taqdim etilgan jamoatçilik dalolatnomasi va unga ilova qilingan röyxatlarda Buxoro şahrining turli köçalarida joylaşgan juda köp köçmas mulk obyektlari keltirilgan. Ularning katta qismida egallaş davri “01.01.2018-yilga qadar” degan umumiy ifoda bilan qayd etilgan. Röyxat Mohi-Xossa, Maxtumquli, Dilkuşo, Davlatobod, Çorbakr va boşqa köplab hududlardagi obyektlarni qamrab oladi.
Bu röyxatning özi barça obyektlarda xato borligini isbotlamaydi. Ammo muammo kengroq tekşiruvni talab qilişi uçun yetarli signal beradi. Çunki 12-modda uçun “1999-yilgaça” yoki “1999-yildan keyin” degan farq oddiy statistik maʼlumot emas - u fuqaroga uy-joy maqsadida qança yer böyiça huquq eʼtirof etilişini bevosita belgilaydi.
Agar 1970, 1980 yoki 1990-yillardan beri mavjud bölgan hovlilar yetarliça tekşirilmasdan keyingi davrga kiritilgan bölsa, masala alohida fuqaroning nizosidan çiqib, tizimli muammoga aylanişi mumkin. Şu sababli Buxoro şahri böyiça kamida tanlama asosida xatlov natijalari va yer egallangan yillarni qayta tekşiriş maqsadga muvofiq.
Ikkinçi muammo: qonunning özidagi “tomorqa” yeçimi real hayotga har doim ham mos kelmaydi
Faraz qilaylik, yer haqiqatan ham 2000-yildan keyin egallangan va Buxoro şahri uçun 6 sotixlik limit töğri qöllanmoqda. Şunda ham savol tugaydi degani emas.
Agar 8 sotix hovlining qolgan 2 sotix qismida allaqaçon uy yoki unga xizmat qiluvçi bino-inşootlar mavjud bölsa, uni dehqon yoki tomorqa xöjaligi uçun yer deb belgilaş real foydalaniş holati bilan qanday uyğunlaşadi? 937-sonli qonunning özi bir tomondan bino va inşootlarga mulk huquqini eʼtirof etişga, ikkinçi tomondan limitdan ortiq yerga dehqon yoki tomorqa xöjaligi uçun ijara huquqini eʼtirof etişga imkon beradi.
Natijada aynan bir köçmas mulk majmuasida bino va yerning huquqiy rejimlari örtasida nomuvofiqlik paydo bölişi mumkin. Bu holat qonunni qöllaş amaliyotida alohida tuşuntiriş yoki qonunçilik darajasida aniqlaştirişni talab qiladi.
Fuqarolar bugun xursand, lekin ertangi oqibatni bilmasligi mumkin
Köpçilik fuqaro uçun eng muhim yangilik - “kadastrim çiqdi”. Odamlar yillar davomida hujjatsiz bölgan uyiga nihoyat kadastr rasmiylaştirilganidan xursand böladi. Bu tabiiy.
Ammo oddiy fuqaro kadastr pasportidagi yerning foydalaniş maqsadi, ijara huquqining qaysi qismga va qanday maqsadda eʼtirof etilgani, bu holat keyinçalik qanday rasmiylaştirişlarni talab qilişi mumkinligini har doim ham anglab yetmaydi.
Şuning uçun davlat organlarining vazifasi faqat hujjat çiqariş bilan tugamasligi kerak. Fuqaroga yerining qaysi qismi uy-joy, qaysi qismi dehqon yoki tomorqa xöjaligi uçun rasmiylaştirilayotgani va bunday ajratişning huquqiy oqibatlari aniq tuşuntirilişi kerak.
Hozirgi holat korrupsiyaviy xavf uçun zamin yaratişi mumkin
Amaldagi vaziyat davlat organlarini korrupsiyaga undovçi holat hisoblanadi. Xususan, amaliyotda yuqoridagi kabi holatlarga yeçim sifatida yer uçastkasini bir neçta mulkdorga böliş holatlari kuzatilmoqda. Şu orqali fuqarodan muammosi yeçimi sifatida pul talab qiliş imkonini ham keltirib çiqarişi heç gap emas. Masalan, 8 sotixlik yer uçastkasi 2015-yilda egallangan va fuqaro B ning nomida. Eʼtirof etilib, kadastr hujjatlari şakllantiriladigan bölsa, yer uçastkasini 6 sotixdan ortiq qismi tomorqa yoki dehqon xöjaligi maqsadida rasmiylaştiriladi. Agar yer uçastkasi ikkiga bölinadigan bölsa (masalan, fuqaro B hamda uning öğli Dga), bunday muammodan qoçiladi. Keyinçalik yer uçastkasini kadastr orqali birlaştirib olsa böladi. Uşbu sxema davlat organi uçun tayyor pora manbayi bölişi mumkin.
Qolaversa, “Eʼtirof AAT” platformasidagi tahrirlaş imkoniyatining qaror qabul qilingandan keyin kadastr organiga boğliqligi korrupsiyaviy xavf uçun omil bölib xizmat qiladi.
Muammoga yeçim bölişi mumkin bölgan tavsiyalar
Birinçidan, yer egallangan sana 12-modda böyiça huquq hajmini özgartiradigan hollarda bu sana individual dalillar asosida tekşirilişi lozim. Eski texnik pasportlar, inventarizatsiya materiallari, arxiv hujjatlari, xöjalik daftarlari, soliq va kommunal maʼlumotlar, şuningdek zarur hollarda aerofoto va kosmik materiallardan foydalaniş kerak.
Ikkinçidan, “Eʼtirof” avtomatlaştirilgan axborot tizimiga notöğri sana yoki boşqa muhim maʼlumot kiritilganligi keyin aniqlansa, uni tuzatişning fuqaroni bir neça idora örtasida yurişga majbur qilmaydigan aniq va tezkor maʼmuriy mexanizmi bölişi kerak. Hozirgi kunda tahrirlaş funksiyasi faqatgina xalq deputatlari kengaşi qarori qabul qilingunça mavjud bölib, undan keyingi tuzatiş alohida tartibda kadastr organlarining murojaati bilan respublika tomonidan amalga oşiriladi.
Uçinçidan, 6 sotixdan ortiq qismda amalda turar joy yoki unga xizmat qiluvçi bino-inşoot mavjud bölgan hollarda yerning uşbu qismini dehqon yoki tomorqa xöjaligi uçun rasmiylaştiriş qanday huquqiy oqibatlarni tuğdirişi böyiça Kadastr agentligi va Adliya vazirligining rasmiy tuşuntirişi zarur.
Törtinçidan, Buxoro şahri böyiça 937-sonli qonunning 12-moddasi qöllanişi tanlama asosida örganilişi lozim. Agar öxşaş muammo boşqa hududlarda ham aniqlansa, amaliyot respublika miqyosida tahlil qilinişi kerak.
Beşinçidan, qonunçilikda 6 yoki 12 sotixdan ortiq qismning özida allaqaçon eʼtirof etilayotgan uy-joy va yordamçi inşootlar mavjud bölsa, bunday yerning maqomi alohida tartibda hal etilişi kerak. Çunki qoğozdagi “tomorqa” real hayotdagi yaşaş uyining ostidan ötib ketmasligi lozim.
Masala hujjat çiqariş bilan tugamaydi
937-sonli qonun minglab fuqarolarning yillar davomida hal bölmagan mulkiy masalalarini qonuniylaştiriş uçun qabul qilingan. Şu sababli uning ijrosi fuqaroga şunçaki kadastr hujjatini beriş bilan ölçanmasligi kerak. Muhimi - huquqning töğri hajmda, töğri maqsadda va keyinçalik yangi muammolar tuğdirmaydigan tarzda eʼtirof etilişi.
Bugun “600 kvadrat metr” degan yozuv oddiy texnik raqam bölib körinişi mumkin. Ertaga esa aynan şu raqam fuqaroning öz hovlisidan foydalanişi, uni rasmiylaştirişi, xususiylaştirişi, qayta qurişi yoki boşqa mulkiy masalalarni hal qilişida asosiy tösiqqa aylanişi ehtimoli bor.
Qonun eski muammoni hal qiliş uçun qabul qilingan. Uni qöllaş esa fuqarolar uçun yangi muammo yaratmasligi kerak.
Şu örinda fuqarolarimizni huquqlarni eʼtirof etiş jarayonlariga befarq bölmaslikka çaqiramiz. “e’tirof.kadastr.uz” internet sayti orqali özlariga tegişli maʼlumotlarni muntazam kuzatib boriş, hujjatlarda xato yoki nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda esa qaror qabul qilinişidan oldin mavjud tahrirlaş imkoniyatidan foydalaniş yoxud zudlik bilan tegişli taşkilotga murojaat qiliş muhim.
Agar qaror allaqaçon qabul qilingan bölsa va unda fuqaroning huquq va qonuniy manfaatlariga taʼsir qiluvçi xato yoki boşqa muammoli holat mavjud bölsa, “Özboşimçalik bilan egallab olingan yer uçastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inşootlarga bölgan huquqlarni eʼtirof etiş töğrisida”gi 937-sonli qonunning 3-moddasi doirasida maʼmuriy sudga tegişli qarorni haqiqiy emas deb topiş töğrisidagi ariza (şikoyat) bilan murojaat qiliş mumkin.
Eng muhimi, huquqingizga oid jarayonlarni öz vaqtida kuzatib boring. Çunki köp hollarda muammoning oldini oliş, uni keyinçalik bartaraf etişdan ança oson.
Huquqiy ogohlik - bugungi kun talabi, öz huquqingizni öz vaqtida himoya qiliş esa uning eng muhim kafolatidir.