Atrof muhitning ifloslanişi oqibatida kelib çiqadigan kasalliklar tufayli har yili sayyoramizda kamida 5 yarim million kişi vafot etadi. 2050 yilda bu raqam 6 million kişidan ortib ketişi aytilmoqda. Şundan teng yarmi Hindiston va Xitoy hissasiga töğri keladi. Iflos havo oqibatida 2013 yilda Xitoyda 1 million 600 ming, Hindistonda bir yarim millionga yaqin, AQŞ va Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida 300 mingga yaqin kişi vafot etgani aytiladi. AQŞning köplab mintaqalarida transport va elektrostansiyalardan çiqayotgan tutunlar havoni ifloslantiradi. Bu, öz navbatida, mamlakatda qayd qilinadigan ölimlarning 20 foiziga sabab böladi. Şarqiy Amerika, Yevropa, Şarqiy Osiyoda qişloq xöjaligida işlatiladigan zaharli moddalar havoni ifloslantirar va ölimlarning 40 foiziga sabab bölar ekan.
2013 yilda Jahon Soğliqni saqlaş taşkilotining Onkologik kasalliklarni örganiş Xalqaro agentligi (IARC) Hisobot e'lon qildi. Unda havoning ifloslanişi saraton kasalligining asosiy sababiçisi ekani aytiladi. Jahoning köplab mamlakatida havoning ifloslanişi bilan boğliq vaziyat oğir. “Sayyoramizdagi havo barça insonlarga tegişli ekanligini anglab yetadigan payt yetib keldi. Biz havoning tozaligi uçun ma'suliyatni anglab yetişimiz kerak”, deydi Onkologik kasalliklarni örganiş Xalqaro agentligi vakili Dana Lumis.
Havoning ifloslanişi oqibatida yuz beradigan ölimlarning 50 foiziga kömir sabab bölar ekan. Şu sababli köplab mutaxassislar kömirdan köra tabiiy gazdan foydalanişga ötiş vaqti kelaganini aytişadi.
Mavjud muammo borasida tadqiqot ötkazgan AQŞning Boston şahridagi Health Effects Institutes kompaniyasi mutaxassislari öz xulosalarini e'lon qilişdi. Amerikaning Yyel universiteti olimlari esa suniy yöldoşlardan olingan suratlar orqali havoning ifloslanişi bilan boğliq jahon xaritasini yaratişdi. Unda bugungi kunda Dehli va Pekindagi havoning ifloslanişi belgilangan me'yordan 8-10 barobar yuqori ekani tan olinadi. Pekin dunyodagi havosi eng iflos şaharlardan biri sifatida qayd qilingan. Buning sababi şaharda avtomobillar sonining köpligi va qöşni Xebey va Xenandagi zavodlardan zaharli tutunlarning çiqişi ekani aytiladi.
Mutaxassislarning fikriça, sönggi 50 yil mobaynida havo ifloslanişining oldini oliş borasida Şimoliy Amerika, Ğarbiy Yevropa va Yaponiyada bir qator yutuqlar qölga kiritildi. Buning uçun mazkur mintaqalarda havoni ifloslantirmaydigan yoqilği va dvigatellardan keng foydalaniş yölga qöyildi, kömir iste'moli kamaytirildi
Ma'lumki, havo ifloslanişining asosiy manbalari sifatida elektrostansiyalar, zavodlar, avtomobillardan çiqayotgan gazlar köriladi. Kömir va ötinlardan çiqqan tutun ham uzoq muddat havoda uşlanib qoladi. Bu ham, öz navbatida, inson salomatligi uçun katta xavf sifatida köriladi.












