Davlat rahbari investor va tadbirkorlar bilan oçiq muloqotda Yangi Toşkent faqat uy-joy quriladigan hudud bölib qolmasligi kerakligini taʼkidladi.

«Yangi Toşkent faqat yangi uy-joy quriladigan hudud emas», - dedi prezident.

Uning qayd etişiça, yangi şahar zamonaviy biznes, taʼlim, tibbiyot, turizm va xizmat körsatişni öziga jalb etadigan mustaqil iqtisodiy markazga aylanişi lozim. Biroq hozirgaça ajratilgan yerlarning uçdan ikki qismi uy-joy loyihalariga töğri kelmoqda.

Muloqotda investorlarga berilgan 28 ta lotda faol quriliş boşlanmagani alohida körsatib ötildi. Bunga eskiça talablar, ruxsat oliş jarayonlarining çözilişi va ayrim idoralarning tadbirkorga hamkor örniga nazoratçi sifatida munosabatda bölişi tösiq bölayotgani aytildi.

«Investor esa kutmaydi. U kömak va kafolat sezmasa, mablağini boşqa bozorga yönaltiradi», - dedi Şavkat Mirziyoyev.

Şu bois tadbirkorga yer ajratişdan boşlab loyihani işga tuşirişgaça bölgan jarayonni qayta körib çiqiş zarurligi taʼkidlandi.

Ayni paytda Yangi Toşkentda yerga talab ortib bormoqda. Bir gektar yerning örtaça qiymati 2024-yilda 10 milliard sömga yetmagan bölsa, hozir 19 milliard sömga çiqqan.