“Manzil” öz sayohatlarini davom ettiradi. Bu gal Namangan viloyati Yangiqörğon tumani Nanay qişloğiga sayohat qildik. Toğlar yonbağrida, kislorodga töyingan havosi, mehmondöst insonlari bilan nom taratgan qişloq bilan tanişing.
Qişning sovuq kunlarida Nanayga keluvçilarning aksari beşbarmoq yeyiş uçun boradi. Nanaydagi beşbarmoq namanganliklar orasida juda maşhur.
Nanay beşbarmoği mahalliy xalq örtasida xamir deyiladi. Uning öziga xosligi – xörandaga bitta idişda emas, bir neçta idişda keltiriladi.
Nanaydagi kempinglar va dalahovlilar örtaça 500 mingdan 1,5 mln sömgaça narxda. Narxlar ozgina qimmat deb aytişingiz mumkin, yöq, Nanayda yoz kunlari kişi boşiga 25 ming sömga ham dam olişga joylar topiladi. Qiş kunlari esa tunaş uçun eng budjet bir keça uçun narx 50 ming sömni taşkil qiladi.
Dam oluvçilar Nanayga asosan yoz oylarida kelişadi. Bu yerning manzarasi issiq kunlarda juda bir ajib körinişga ega böladi.
Nanay haqida köp gapirişimiz va yozişimiz mumkin, aslida u yerni borib körgan ma’qul. Aytişadi-yu, ming marta eşitgandan bir marta körgan afzal, deb. Doim takrorlaydigan sözlarimizni yana bir bor eslatib ötamiz – sayohat qiling, salomat bölasiz.
Tohirjon Tursunov,
Kun.uz'ning “Manzil” loyihasi uçun maxsus












