Taniqli jamoat arbobi Ahmadjon Odilov bugun 92 yoşida olamdan ötdi. Bu haqdagi xabar Kun.uz ning bir neça manbasi tomonidan ma'lum qilindi.

Ahmadjon Odilov 1925 yilning 1 mayida Namangan viloyati Pop tumanining Ğurumsaroy qörğonida dunyoga kelgan. 1960-70-yillarda Pop tumanidagi Lenin nomli kolxoz raisi bölgan. 1970-yillar oxirida Pop tumani agrosanoat kompleksiga rahbarlik qilgan. 1980-yillar örtasida SSSR prokuraturasi tergovçilari Gdlyan va Ivanov tomonidan «Paxta işi» böyiça ayblanib qamalgan va Butirka qamoqxonasida ötirgan.

Özbekiston mustaqillikka erişişganidan söng — 1991 yilning dekabrida qamoqdan ozod etilgan. 1993 yilning 26 iyunida Qöqon şahar sudi uni 5 tonna mineral öğitlar öğirlaganlikda ayblab, 4 yillik qamoq jazosiga hukm qilgan. Keyinçalik sovet davrida qilgan iqtisodiy jinoyatlari uçun yana 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. Umumiy hisobda u yana 16 yil qamoqda ötirib, 2008 yilning 5 iyunida 83 yoşida ozodlikka çiqqan edi.

Ahmadjon Odilov Şarof Raşidov bilan

U sobiq ittifoq davrida sotsialistik mehnat qahramoni, uç karra Lenin ordeni, oktabr revolyutsiyasi ordeni bilan taqdirlangan.