1991 yildan oldin qurilgan ko‘p qavatli uylarning fasadiga bazalt qoplab chiqiladi

Foto: Depositphotos
Prezident topshirig‘iga asosan, bosh vazir Abdulla Aripov raisligida qattiq sovuq sharoitida qilinishi kerak bo‘lgan ishlar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Yig‘ilishda aytilishicha, bugungi kunda respublika bo‘yicha jami 40 mingta ko‘p qavatli uy-joy mavjud bo‘lsa, shundan 31 mingga yaqini 1991 yilgacha qurilgan.
Shu sababli ushbu 31 mingta uyning fasad qismi renovatsiya asosida bosqichma-bosqich bazalt qoplamaga o‘tkazilib, muqobil energiya manbalaridan foydalangan holda issiq suv va elektr bilan ta’minlanadi. Bu boradagi dastur loyihasini Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi 2 oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Shu bilan birga, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi endilikda yangidan quriladigan ko‘p qavatli uylar va ijtimoiy soha obektlarining loyiha-smeta hujjatlariga energiya samaradorlik darajasi yuqori bo‘lgan qurilish materiallari va jihozlardan foydalanishni majburiy tartibda kiritishi topshirildi.
Bu borada energiya tejamkor qurilish materiallari ishlab chiqarishni ko‘paytirishga ham e’tibor qaratish kerakligi qayd etildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda respublikamizda jami 13,2 ming tonna bazalt xomashyosi ishlab chiqarilmoqda. Bu esa yillik ehtiyoj (5 mln m.kv yoki 36 ming tonna) 30 foizini ham tashkil etmaydi.
Shu bois, «O‘zsanoatqurilishbank» «O‘zsanoqurilishmateriallari» uyushmasi bilan birgalikda 2 oy muddatda joylarda bazalt xomashyosi ishlab chiqarish loyihalarini ko‘paytirish bo‘yicha alohida dastur tayyorlab, yil yakuniga qadar kamida 5 ming tonnalik quvvat yaratishi kerakligi ta’kidlandi.
«O‘zeltexsanot» uyushmasi ham ikki oy muddatda transformatorlar, kabellar, quyosh panellari va suv isitish kollektorlarini ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish bo‘yicha alohida dastur tayyorlab, Vazirlar Mahkamasiga kiritishi belgilandi.
So‘nggi yangiliklar
-
Filippinda yuz bergan YTHda 10 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 01:24
-
Zelenskiy Trampdan eng kuchli qartalar to‘plamini oldi - AQSh moliya vaziri
Jahon | 00:52
-
NASA’ning ikki ayol astronavti XKS bortidan ochiq kosmosga chiqdi
Fan-texnika | 00:20
-
Payariq hokimining ta’qibi ortidan qamalgan tadbirkorni Oliy sud ozod qildi
O‘zbekiston | 23:37 / 01.05.2025
Mavzuga oid

01:01 / 01.05.2025
Urumchida O‘zbekiston-Xitoy iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tdi

13:17 / 30.04.2025
Ko‘p qavatli uylarning bir qismi ijtimoiy uy-joy fondiga o‘tkaziladi

13:20 / 16.04.2025
1-2 qavatli uylar qurilishi bo‘yicha xususiy sektor nazorati o‘rnatiladi

21:16 / 26.03.2025