O‘zbekiston | 23:27 / 23.01.2023
42382
3 daqiqa o‘qiladi

Vazirlar Mahkamasi qishga tayyorgarlikdagi kamchiliklardan “to‘g‘ri xulosa chiqaradi”

Bu haqda bosh vazir Abdulla Aripov o‘tkazgan selektorda aytib o‘tildi. Hukumat elektr tarmoqlarining quvvatini oshirish, gaz infratuzilmasini ta’mirlash va modernizatsiya qilish bo‘yicha 2023 yilgi maqsadlarini belgilab oldi.

Abdulla Aripov / Foto: Kun.uz

“Bu yilgi qish mavsumida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklardan to‘g‘ri xulosa chiqargan holda, keyingi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikni mutlaqo yangicha yondashuvda bugundan boshlashimiz kerak”, deya ta’kidlandi bosh vazir Abdulla Aripov o‘tkazgan videoselektorda.

“Bugungi kunda jami tarmoqlarning qariyb 42 foizi, shundan elektr uzatish tarmoqlarining 39 foizi, podstansiyalarning 51 foizi hamda transformator punktlarining 35 foizi ishga tushgan muddatlari 40 yildan oshgan.

Shuning uchun, prezident topshirig‘iga asosan, hukumat tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar elektr tarmoqlari barqaror va uzluksiz ishlashi uchun 299 ta transformator, 124,7 km turli xil kabellar, 186 tonna transformator moyi yetkazib berish uchun tezkor ravishda qaror qabul qilib, ishlar boshlab yuborildi.

Bu ishlarni davom ettirish uchun Energetika vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, Iqtisodiyot va moliya vazirligi elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash, energetika xavfsizligini yanada mustahkamlash maqsadida 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish dasturini moliyaviy manbalarni aniq belgilagan holda, 1 oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish topshirildi”, – deyiladi rasmiy xabarda.

Shu bilan birga, 2023 yil uchun quyidagi vazifalar belgilandi:

  • 817 km magistral, 11 ming km past kuchlanishli tarmoqlar va 2 840 ta transformator punktlarini yangilash, magistral podstansiyalarning quvvatlarini qo‘shimcha 1 325 mega volt amperga oshirish (mas’ullar – “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ);
  • 86 ta gaz haydash agregatlarini hamda 10 ta gaz turbinali dvigatellarni kapital ta’mirlash (mas’ul – “O‘ztransgaz” AJ);
  • 151 km gaz quvurlarini mukammal ta’mirlash, 114 ta elektrkimyo himoya qurilmalarini modernizatsiya qilish, 2,5 mingta gaz taqsimlash punktlarini yangilash (mas’ul – “Hududgazta’minot” AJ).

Ushbu selektordan boshqa xabarlar: 

Mavzuga oid