Holat yuzasidan FVV rasmiy ma'lumot berdi. Ma'lum bölişiça, 27 noyabr kuni soat 17:30da Qoraqalpoğiston Respublikasi Amudaryo tumani FVBga quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati örmonzorida (“Amudaryo” daryosi ikkiga ajralgan va qayta qöşilgan joyi oraliğidagi orolça) yonğin sodir bölayotganligi töğrisida xabar kelib tuşgan.
Yonğin-qutqaruv ekipajlari soat 19:10da yonğinni öçiriş işlariga kirişgan. (Tuman yonğin-qutqaruv qismidan yonğin sodir bölgan joygaça masofa taxminan 47 km. ni taşkil etadi). 28 noyabr kuni soat 05:15da yonğin qurşab olinib, 08:04da öçirilgan.

Qayd etilişiça, yonğin sodir bölgan joyda qayta yonğin öçoqlari paydo bölişining oldini oliş maqsadida, voqea joyiga 5ta yonğin-qutqaruv ekipaji, Mintaqaviy qutqaruv otryadidan 1ta bölinma va yordamçi texnikalar, 2ta buldozer, 2ta pogruzçik, 2ta suv taşuvçi maşinalar, şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasi FVBdan 50 nafar, Örmon xöjaligidan 20 nafar, Qoraqalpoğiston Ekoqömitasidan 5 nafar, tuman Obodonlaştiriş bölimidan 20 nafar, jami 95 nafar xodim jalb etilgan. Ular ofatga qarşi kuraşiş uçun joyida qoldirilib, 3 guruhga bölingan holda, keça-kunduz navbatçilik yölga qöyilgan.

Kutilmaganda yonğin qoldiqlari qayta alanga olgan va 29 noyabr kuni soat 10:25lar atrofida öçirişga kirişilib, 30 noyabr kuni soat 03:30da öçirişga erişilgan.
Qöşimça qilinişiça, yonğindan jabrlangan va halok bölganlar yöq. “Nazarxan” ovul fuqarolar yiğinidan yonğin sodir bölgan joygaça masofa taxminan 8 km. ni taşkil etadi.

Hozirda keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda. Voqea joyida hamkor vazirlik, idora va xizmatlar kuç-vositalari navbatçilik olib bormoqda, deyiladi rasmiy munosabatda.











