Nemis jurnalisti Mark Sinnott va tadqiqotçi Larisa Pozdnyakova Özbekistonning Boysun toğlarida joylaşgan, dunyodagi eng çuqur ğorlardan biri hisoblanuvçi Qoronği yulduz (Dark Star) ğoriga tuşişdi. Bu haqida National Geographic saytida maqola taqdim etildi. 

"Xavotir olmang, siz bu yerda adaşib qolmaysiz", - dedi Larisa Pozdnyakova meni çuqur yer osti yölidan boşlab borar ekan. - Aftidan, u mening fikrlarimni öqiy oladi çoği: bunday joyda faqat Yer içida adaşib qolmaslikdan boşqasi haqida öylay olmasdim. Bir neça soat davomida "Qoronği yulduz" nomi bilan maşhur ğor içida undan qolişmaslikka harakat qildim.

30 yoşdan oşgan Larisa Ural toğlari böyiça veteran-speleolog. U çaqqon harakatlar bilan heç nimadan qörqmay harakatlanar edi, men esa besönaqay harakatlarim bilan uning ketidan şoşilardim. 

"Mendek alpinist uçun bu - navigatsiyaning mutlaqo boşqa turi. Men xavfli joylarda harakatlanib örganganman, bu yer nisbatan xavfsiz bölsa-da, GPS işlamaydi, insonga dalda böluvçi samoviy gidlar yöq. Larisa bölmaganida men bu köngilga qörquv soluvçi ğordan mustaqil ravişda çiqa olmasdim", - deydi u. 

Ma'lumotlarga köra, uşbu ğor 1984 yilda rossiyalik tadqiqotçilar tomonidan topilgan, biroq unga kelib, tizimni örganişda britaniyaliklar birinçi bölişdi - ular 1990 yilda uni tadqiq qilib, 70-yillarning ilmiy-fantastik filmi bölgan Dark Star (Qoronği yulduz) nomini berişgan. Keyingi ön yillikda bu maskan butun dunyo speleologlarini öziga jalb qildi. 

"Bu ulkan tizim şunisi bilan ham jalb qiladiki, alpinistlar Yer yuzidagi eng baland toğ çöqqisi Everestda ekanini yaxşi bilişadi, lekin tubsiz ğorlar u qadar yaxşi örganilmagan. Yer ostida nima yaşirin ekanidan köra, Mars haqida köproq narsa bilamiz. Bugungi kunda Gruziyadagi Krubera ğori eng çuqur ğor hisoblanadi - 7,208 fut. Biroq Dark Star undan bu nomni tortib olişga da'vogar boş nomzoddir.