Iş haftasi davomida Özbekiston hududi böyiça quruq va nisbatan iliq ob-havo saqlanib turadi. Harorat foni iqlim meyoriga mos böladi, deya xabar bermoqda Özgidromet.
Hafta boşida havo harorati keçalari +5…+10 daraja, kunduz kunlari +20…+25 darajani taşkil etadi.
Hafta oxiriga kelib, havo biroz salqinlaşadi, keçalari termometr ustuni +3…+8 darajagaça, kunduz kunlari +17…+22 darajagaça pasayadi. Şamol şarqdan 7−12 metr/soniya tezlikda esadi.
Toşkent şahrida hafta davomida yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi. Duşanba va seşanba kunduz kunlari havo harorati +23…+25 darajani taşkil etadi, 21−22-oktabr kunlari +20…+22 darajagaça pasayadi. 20-oktabrga ötar keçasi harorat +10…+12 daraja atrofida böladi, biroq 22-oktabrga borib, +6…+8 darajagaça pasayadi.












