«Islomxo‘ja» filmning yopiq taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Foto: Jahongir Ahmedov
«O‘zbekkino» milliy agentligi va xususiy kinostudiyalar hamkorligida Jahongir Ahmedovning «Islomxo‘ja» nomli ilk to‘liq metrajli badiiy-publitsistik filmi suratga olindi. Kinokartina tarixiy shaxs, XIX asrning oxiri – XX asrning boshlarida Xiva xonligida katta islohotlar o‘tkazgan ma'rifatparvar vazir Islomxo‘janing fojiaviy o‘limi haqida.
15 iyul kuni «Premier Hall» kinoteatrida film ijodkorlari va jurnalistlar bilan birgalikda matbuot anjumani hamda filmning yopiq taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Anjumanda «O‘zbekkino» MA bosh direktori Furqat Zokirov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Bu yerga jurnalistlar, san'atshunoslarni yig‘ishimizdan maqsad film haqida keng jamoatchilik fikrini to‘g‘ri shakllantirishdir. Odatda, kinoprem'yeradan so‘ng tomoshabinlar fikri so‘raladi. Kimdir to‘g‘ri, xolis fikr bildiradi, yana kimdir baholay olmaydi. Bir necha kishining gaplari orqali auditoriya o‘zicha xulosa chiqaradi. Shu kabi noaniq tushunchalarning oldini olish maqsadida, filmni xalqqa taqdim etishdan oldin siz mutaxassislar, xolis baholovchilar hukmiga havola etishimiz kerak. Siz jamoatchilik fikrini shakllantirishda muhim bo‘g‘in vazifasini bajarasiz. Toki odamlar kinokartina haqida noxolis va noprofessional tushunchaga ega bo‘lmasin. Bunda to‘g‘ri axborot berish juda muhim hisoblanadi», deya uning so‘zlarini keltirmoqda «Kun.uz» muxbiri.
Shuningdek, tadbirda o‘zbek kinosida kechayotgan jarayonlar xususida ham batafsil ma'lumot berildi. Jumladan, «O‘zbekkino» MA tomonidan 2017-2018 yillarda turli mavzu va yo‘nalishlarda 64ta film suratga olingan. Shulardan 23tasi to‘liq metrajli, 4tasi qisqa metrajli, 26tasi hujjatli va 7tasi multiplikatsion filmlardir. «Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi» DUK tomonidan joriy yilning avgust oyi holatiga ko‘ra, 26 nomdagi tarixiy, iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlarni yorituvchi, zamondoshlar haqida hikoya qiluvchi hujjatli filmlar suratga olinmoqda va ulardan 7tasi katta ekranlarda namoyish etildi.
«Islomxo‘ja» filmining o‘zbek kinotomoshabinlari uchun premerasi shu oy oxiriga mo‘ljallangan.
Tavsiya etamiz
Yirik hisob retsepti. Arteta Anchelottini qanday dog‘da qoldirdi?
Sport | 11:29 / 09.04.2025
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
YeChLda chorakfinal. «Real» va «Arsenal» o‘yinida kim favorit?
Sport | 19:34 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yekaterinburgda oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning farzandlari O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 17:18
-
Davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasi tasdiqlandi
Iqtisodiyot | 17:16
-
Abu-Dabida Rossiya va AQSh o‘rtasida mahbuslar almashinuvi bo‘lib o‘tdi
Jahon | 17:05
-
HAVAL'dan bahoriy yangilik: o‘z krossoveringizni 17 mln so‘mgacha foyda bilan tanlab oling!
Jamiyat | 17:00