Oğir atletika böyiça Özbekiston jamoasi aʼzosi Akbar Jörayev (-110 kg) kutilganidek Osiyo öyinlari çempioniga aylandi.
Avvaliga u dast kötarişda 197 kg bilan jahon rekordini yangilaşga muvaffaq böldi. Bu borada rekord uning öziga tegişli bölib turgandi (u 2025-yil oktabrida Norvegiyadagi jahon çempionatida dast kötarişda 196 kg, umumiy 428 kg natija bilan ikkita rekord örnatgandi).
Keyin esa siltab kötarişda birinçi urinişdayoq 226 kg natija körsatdi (Osiyo öyinlari rekordi) va keyingi urinişlarni amalga oşirişiga hojat qolmadi. Uning raqiblaridan heç biri uç urinişda ham 222 kg natijadan oşira olişmadi.
Şu tariqa, u ikki kuraş hisobida 423 kg natija qayd etdi va bu ham Osiyo öyinlari rekordi hisoblanadi.
Maʼlumot uçun, Akbar Jörayev Olimpiada ğolibi, ikki karra Osiyo çempioni, uç karra jahon çempioni hisoblanadi, şu bilan birga, bu uning uçun ilk Osiyo öyinlari ğolibligi böldi – 2022-yil Hangçjouda bölib ötgan turnirda u kumuş medal bilan kifoyalangandi.
Uning oltin medali Özbekiston delegatsiyasining 13-oltiniga aylandi. Ayni vaqtda Özbekiston 13 ta oltin, 17 ta kumuş va 13 ta bronza – jami 43 ta medal bilan umumiy reytingda törtinçi örinda bormoqda.












