Özbekiston prezidenti 14-oktabr kuni imzolagan qonun bilan, daxlsizlik va immunitetga ega şaxslarga nisbatan iş yuritişning öziga xos tartibi belgilandi.

Daxlsizlikka ega şaxslar

Quyidagilar daxlsizlikka ega şaxslar hisoblanadi: Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari va Senat aʼzolari; inson huquqlari böyiça vakil (ombudsman); bolalar huquqlari böyiça vakil; sudyalar; prokurorlar, tergovçilar va suriştiruvçilar; advokatlar; Markaziy saylov komissiyasi aʼzolari; Prezidentlikka nomzodlar (nomzodlik maqomida bölgan davrda) va boşqalar.

Prezident Administratsiyasining boşqaruv xodimlari esa işdan böşatilganidan keyin beş yil davomida - Prezident Administratsiyasida öz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajariş bilan boğliq bölmagan harakati yoki harakatsizligi uçun daxlsizlikka ega böladi.

Immunitetga ega şaxslar

Özbekiston Respublikasi Prezidenti; Prezident Administratsiyasining mansabdor şaxslari va ularning oila aʼzolari immunitetga ega şaxslar hisoblanadi.

Şuningdek, Prezident Administratsiyasining boşqaruv xodimlari - Prezident Administratsiyasida öz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajariş bilan boğliq holda qabul qilgan qarori, sodir etgan harakati yoki harakatsizligi yuzasidan immunitetga ega.

Parlament aʼzolari esa ovoz beriş va fikr bildiriş uçun immunitetga ega.

Uşlab turiş

Daxlsizlikka ega şaxsni uşlab turiş va huquqni muhofaza qiluvçi organga olib keliş mumkin emas, JPK 221-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan asoslar (şaxs jinoyat ustida yoki bevosita uni sodir etganidan keyin qölga tuşsa) böyiça uç soatgaça uşlab turiş hollari mustasno.

Jinoiy javobgarlik

Daxlsizlikka ega şaxslarni jinoiy javobgarlikka tortiş uçun tegişli palata, Prezident yoki boşqa vakolatli organning roziligi talab etiladi. Masalan, deputatlar uçun - tegişli palataning, Prezident Administratsiyasi boşqaruv xodimlari uçun - Boş prokurorning taqdimnomasi asosida Prezidentning yozma roziligi.