Raşidov faoliyatiga siyosiy çizgilar – Andropov Özbekiston rahbarini nega yoqtirmagan?
|18:50 / 29.09.202632 909
Sovet davrida Özbekistonni bir qança şaxslar boşqardi. Ular orasida Şarof Raşidov Özbekiston tarixida muhim örin egallaydi.
U respublikani uzoq muddat – 24 yil boşqaradi va aynan Raşidovning rahbarlik yillarida Özbekiston sanoati va qişloq xöjaligi sezilarli rivojlanadi. Odamlarning turmuş tarzi yaxşilanadi. Şahar va qişloqlar obod böladi.
Biroq 1980-yillar boşlariga kelib «Qizil imperiya» Raşidovning mehnatlarini munosib baholaş örniga uni mahv etişga çoğlanadi. Oqibatda u 66 yoşida vafot etadi.
Filologdan çiqqan siyosatçi
1917-yilda tuğilgan Şarof Raşidov örta maktabni bitirgaç avval Jizzax pedagogika texnikumida, keyin SamDUning Filologiya fakultetida tahsil oladi.
Öqişni bitirgaç viloyat gazetasida masʼul kotib va boş muharrir örinbosari bölib işlaydi. 1941-yilda uruşga ketadi va yaralanib 1942-yil noyabrda qaytib keladi. 1943-yilda viloyat gazetasiga boş muharriri bölib işlay boşlaydi.
1944-yilda Raşidov Samarqand viloyati rahbari etib tayinlanadi. 1947-yilda uni Toşkentga çaqirib olişadi va «Qizil Özbekiston» gazetasi boş muharrirligini topşirişadi. 1949-1950 yillarda Raşidov Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi rahbari bölib işlaydi.
1950-yilda uni Özbekiston oliy soveti prezidiumi raisi etib tayinlaşadi. Raşidov bu vazifada 1959-yilgaça faoliyat olib boradi va öşa yili Özbekiston rahbari böladi. Raşidov Özbekistonni 1983-yil 31-oktabr, vafotigaça boşqaradi.
Adib Şarof Raşidov
Şarof Raşidovning «Mening nafratim» deb nomlangan ilk şeʼriy töplami 1945-yilda çop etiladi. 1951-yilda «Ğoliblar» qissasi naşr etiladi. 1959-yilda «Börondan kuçli», 1964-yilda «Buyuk tölqin» romanlari kitob holida çiqadi.
Uning yuqorida nomlari keltirib ötilgan asarlari kommunistik mafkura asosida yozilgan bölib, ularda sovetlar olib borgan siyosat biryoqlama, faqat maqtab körsatilgan edi. Zero öşa davrda sovet siyosatini maqtab yozmaslikning iloji ham yöq edi va buni boşqa taniqli adiblar ijodida ham köriş mumkin.
Adibning 1956-yilda naşr etilgan «Kaşmir qöşiği» şeʼriy qissasida hind xalqining ozodlik uçun kuraşi tasvirladi. Şuningdek, uning publitsistik maqolalardan iborat kitoblari ham naşr etilgan.
Raşidov Özbekiston rahbari bölganidan söng ijod qilişga vaqti bölmaydi. Biroq kitoblari qayta qayta naşr etiladi. U öz davrida köplab adiblarga yordam beradi. Ammo asarlarini yoki tanqid qilgan adiblarni umuman keçirmaydi. Bunday adiblarning asarlari çop etilmaydi, özlari davlat mukofotlaridan quruq qoladi.
Mavzuga oid
15 min
1983-yil, oktabr. Özbekistonda paxta yiğim-terimi avjiga çiqqan. Moskvaning rejani bajariş haqidagi tayziqlaridan çarçagan Şarof Raşidov Qoraqalpoğistonga otlanadi. Maqsad paxtakorlarga dalda beriş va terim suratini oşiriş edi. 31-oktabr kuni Özbekiston rahbari Ellikqalʼa tumanida yurganida yurak xuruji sodir böladi va Raşidov vafot etadi.
Masalan, atoqli adiblar Abdulla Qahhor, Mirzakalon Ismoiliy, Saida Zunnunova va Said Ahmad kabilar badiiy kengaş yiğilişlarida Raşidovning asarlarini tanqid qilganlari uçun uning qahriga qolişgan.
Ğaybulloh as-Salom «Ey umri aziz» kitobida şunday yozadi:
«Taniqli yozuvçi Mirzakalon Ismoiliy bilan Şarof Raşidovning murosasi kelişmaydi deb eşitib yurar edim. Kimdan ötgan, nimadan boşlangan buyoğidan xabarim yöq. Şarof aka vafot etgan kuni Ismoiliyga «eski qadrdonlar»dan biri qönğiroq qilib öziça «suyunçi» olmoqçi bölibdi:
- Tabriklayman, Mirza aka, mana raqibingiz Raşidov ölibdi. Endi xursandmisiz?
Mirzakalon uni gaplarini eşitib titrab-qaqşab, tutaqib ketadi.
- Ey badbaxt, esi past odam. Birovning vafoti bilan ham tabriklaydimi? Essiz. Kim aytuvdi uni meni duşmanim deb! Ajali yetganda hamma öladi. Bandalik bu. Bunday paytda xursand bölmaydilar, taʼziya bildiradilar. He seni qarayu!»
Said Ahmad «Yöqotganlarim va topganlarim» asarida Şarof Raşidovning qahriga qolgan kunlarini şunday eslaydi:
«Şarof Raşidovni «Qudratli tölqin» romanini muhokamada ozgina tanqid qilganimdan keyin Saida uçun ham, men uçun ham hamma yöllar yopildi. Na matbuot, na bosmaxona, na radio, na televideniye, hammasi biz uçun bekildi».
Şundan söng er-xotin Komil Yaşinning yordami bilan Raşidovning huzuriga kiradi. Özbekiston rahbari ularga biroz aççiq-piçing gaplarni gapiradi va uçraşuv oxirida yaxşi muomala qilib kuzatadi. Biroq baribir Said Ahmad va Saida Zunnunovaga qöyilgan «zapret» bekor qilinmaydi.
«11 soat kutib uçraşganimiz, xoloskorimiz deb öylaganimiz rahbar oldidan qup-quruq bölib çiqib ketdik. Kitobim ham çiqmadi. Matbuot eşiklari Saida ikkalamiz uçun ham oçilmadi. Ukrainada qissam çop etilib rözğorni bir navi ötkazib turdik. Bizga nega bunaqa munosabat bölayotganini Saida ikkalamiz ham yaxşi bilar edik. Hammasi, öşa «Qudratli tölqin»ni tanqid qilganimdan keyin boşlangan edi», deb eslaydi öşa kunlarni Said Ahmad «Yöqotganlarim va topganlarim» asarida.
Siyosatçi Şarof Raşidov
Şarof Raşidov Özbekiston rahbari bölgaç köp ötmay KPSS markaziy qömitasi aʼzoligiga saylanadi. Şundan söng öşa paytda SSSRni boşqarib turgan Nikita Xruşçyov uni xalqaro muloqotlarga torta boşlaydi.
Jumladan, Raşidov 1962-yilda Kuba inqirozi davom etayotgan pallada sovet delegatsiyasi rahbari sifatida «Ozodlik oroli»ga boradi va Fidel Kastro bilan muhim muzokaralar ötkazadi.
Keyinroq SSSR rahbarligiga Leonid Brejnev kelgaç Raşidov KPSS markaziy qömitasi siyosiy byurosi aʼzosi, 1970-yilda SSSR oliy soveti prezidiumi aʼzosi böladi.
Öz davrida Raşidov butun ittifoqqa taniqli arbob bölgan. Buni Ğaybulloh as-Salomning «Ey umri aziz» kitobida keltirib ötgan qöyidagi jumlalar ham tasdiqlaydi:
«1982-yilda Olmaota şahrida Qozoğiston Fanlar Akademiyasining vitse prezidenti akademik Zakiy Ahmad bilan uçraşib suhbatlaşgandim.
U şunday fikrni bildirgan edi:
- Biz qardoş Özbekistonga doim havasimiz keladi va töğrisi biroz raşk qilamiz,- degan edi u. - Çet ellardan, ayniqsa Ğarb davlatlaridan bizga taşrif buyurgan odamlar bu mintaqada Özbekistondan boşqa joyni tanimaydilar. Ular bilan suhbatimiz doim qiziq keçadi:
- Bu yurt Özbekiston emas, Qozoğiston, ularga hijjalab uqtiramiz.
- Ha, tuşundim: Özbek, Özbek! Toşkent.
Yöq, Qozoğiston. Poytaxtimiz ham Toşkent emas, Olmaota. Qozoğiston-Olmata.
- Endi tuşundim. Özbek-Toşkent-Raşidov.
Ahmad Zakiy zavq bilan kuladi: «E mayli, şunday bölaqolsin: Özbek-Toşkent-Raşidov».
Raşidov davridagi Özbekiston
Şarof Raşidov davrida Özbekistonda qişloq xöjaligi, sanoat keskin rivojlanadi. Birgina misol, Çkalov nomidagi Toşkent aviatsiya işlab çiqariş birlaşmasi öz davrida dunyodagi beşta eng yirik aviazavodning biriga aylanadi.
Şuningdek, respublikada Toşkent traktor zavodi, Taşselmaş kabi yuzlab yirik korxonalar taşkil etiladi. Şahar va qişloqlar obod böladi.
Önlab IES hamda GESlar quriladi va qişloqlar töliq elektrlaştiriladi. Infratuzilma yaxşilanadi. Qişloq xöjaligini rivojlantiriş va kengaytiriş uçun suv omborlari barpo etiladi.
Minglab kilometr temiryöllar va öng minglab kilometr avtomobil yöllari quriladi. 1966-yilgi zilziladan söng Toşkent butunlay qayta tiklanadi. Poytaxtda metropoliten barpo etiladi.
Ğaybulloh as-Salom «Ey umri aziz» kitobida öşa kunlarni şunday eslaydi:
«Kunlardan birida samarqandlik taniqli tilşunos olim, professor Xudoyberdi Doniyoriy bilan gurunglaşib qoldik. Domla bilan uçraşdik degunça, oramizda bahs qözğalardi.
Öşa galgi tortişuv Toşkentda yangi qurilgan Lenin muzeyi haqida böldi.
– Özbekiston poytaxtida saroyday Lenin muzeyining bölimini oçişga balo bormi! – deb hayron bölib savol berar edim men. – Bu yoqda xalqimiz qişloq joylarida tutday tökilayotgan xarobalarda ötirsa-yu, şahar markazida Leninga deb marmardan muhtaşam bino qursak. Bu qanday mantiq?
Xudoyberdi domla, parvoi falak, Lenin muzeyi qurilgani uçun Şarof Raşidovga rosa maqtovlar öqidi. Göyo Leninga muzey qurilişi töğri iş bölgan emiş. Uning aytişiça göyo: bu foniy dunyoda heç narsa abadiy emas, Leninlar ham. Yovuz qizil saltanat bir kun kelib albatta yemiriladi. Xalqimiz kişanlardan ozod böladi. Respublikamiz yoruğ, mustaqil taraqqiyot yöliga çiqib oladi.
Oradan yillar ötib Xudoyberdi domla va Şarof aka orzu qilgan kun keldi. Mustaqillikka erişdik. Ammo, ming afsuski ular Leninni kelganini körişdi-yu ketganini köriş ularga nasib etmadi».
Raşidov davrida viloyat va tuman markazlarida aholi uçun uy-joylar qurilib, hududlar obodonlaştiriladi. Uning qarorlari bilan yangi muzeylar, teatrlar, istirohat boğlari quriladi. Şuningdek, Samarqand va Buxoro kabi şaharlarning yubileylari ötkaziladi.
Sovet mafkurasi Amir Temurni qonxör deb uqtirib turgan öşa zamonda 1969-yilda Samarqandda Temuriydar davri sanʼatiga bağişlangan xalqaro simpozium ötkaziladi. Beruniy, Ibn Sino, Xorazmiy kabi olimlarning hayoti tadqiq etiladi.
Olti million tonna paxta
Şarof Raşidov öşa zamon tili bilan aytganda «Kompartiyaning sadoqatli soldati» edi va Özbekiston rahbari sifatida Moskvadan nima buyruq berilsa öşani bajarişga majbur edi.
1970-yillarning ikkinçi yarmida Özbekistonda paxta yakkahokimligi örnatilgan va şaroitdan kelib çiqib 4 mln tonna atrofida paxta tayyorlanardi. Biroq bu Moskvada ötirgan korçalonlarni qoniqtirmaydi. Şu sababli Raşidovning oldiga hosilni 5 mln tonnaga yetkaziş talabi qöyiladi.
Amallab bu reja bajariladi. Ammo Moskvadagilar endi Raşidovdan paxta hosilini 6 mln tonnaga yetkazişni talab qila boşlaydi. Amalda öşa paytda Özbekistonda 6 mln tonna paxta yetiştirişning mutlaqo iloji yöq edi. Biroq Raşidov Moskvaning talabini rad eta olmasdi. Buning ustiga talab SSSR rahbari Leonid Brejnevning oğzidan yangragan edi.
Paxtani 6 mln tonnaga yetkaziş uçun bu safar katta kampaniya boşlanadi va respublika böylab poliz hamda boşqa ekinlar maydonlari keskin qisqartiriladi, boğlar kesiladi. Hammayoqqa paxta ekiladi. Öşanda ham rejani bajarişning iloji bölmaydi.
Oxiri Moskvadagi mulozimlarning özi yordamga keladi. Ular aytadiki: «Siz bizga pulni yuboring, reja bajariladi». Oxir-oqibat şunday yöl tutiladi va reja bajariladi. Biroq bu işning asorati Özbekiston uçun oğir keçadi.
Kimyoviy dorilar köp işlatilgani uçun yerlar çalajon holatga tuşadi. Odamlar orasida «sariq kasali» nomi bilan maşhur gepatit A va gepatit B urçiydi. Bolalar va öqituvçilar paxta dalasiga haydalgani uçun maktablarda darslar qolib ketadi. Xalqning turmuş tarzi pasayadi. Qisqasi, paxta yetiştiriş xalq uçun ofatga, kulfatga aylanadi.
Andropovning xusumati va «Paxta işi»
1970-yillarning ikkinçi yarmida SSSR rahbari Leonid Brejnev bölsa ham, amalda mamlakatni KGB rahbari Yuriy Andropov boşqarardi. Öşa paytda barça rahbarlar u hisoblaşib muomala qilişga majbur edi. Undan hatto Brejnevning özi ham qörqib yaşagan deyişadi.
Andropov Raşidovni yoqtirmasdi. Buning sababi haqida taxminlar köp. Ulardan eng maşhuri, Brejnevning Şarof Raşidov bilan ança iliq munosabatda bölgani Andropovga yoqmaydi.
Şuningdek, yana bir taxminga köra Raşidov Afğonistonga qöşin kiritişga qarşi böladi. Siyosiy byuroda şu masala muhokama qilinganda Brejnev Afğon uruşiga qarşi bölayotganlar röyxatida Raşidovni ham tilga oladi.
Afğonistonga qöşin kiritiş uçun jon-jahdi bilan harakat qilgan Andropovga Özbekiston rahbarining bu işi yoqmaydi. Biroq öşa paytda u Brejnevning panohida bölgan Raşidovga heç narsa deya olmaydi.
1982-yil kuzda, Brejnevning vafotidan mamlakat rahbari bölgaç, Andropov Özbekistonda poraxörlik hamda qöşib yoziş urçib ketgani va bunga çek qöyiş lozimligi haqida bot-bot gapira boşlaydi. Hatto 1983-yil yanvarda U Raşidovga hayfsan beradi.
1983-yil aprelda KPSS markaziy qömitasi siyosiy byurosi Özbekistondagi paxta yetiştirişda sodir etilgan qöşib yozişlarni tergov qiliş haqida qaror qabul qiladi. Öşa yili sentabrda SSSR boş prokuraturasi Telman Gdlyan va Nikolay Ivanov boşçiligidagi guruhni Özbekistonga yuboradi.
Andropovning maqsadi Raşidovni qamoqqa tiqiş edi. Biroq u bunga ulgurmaydi, 1983-yil 31-oktabr kuni Raşidov yurak xuruji tufayli vafot etadi. Biroq Gdlyan va Ivanov Özbekistonda tergov işlarini davom ettiradi.
Gdlyan va Ivanov boşliq «desantçilar»larning Özbekistonni qanday «taftiş» qilgani köpçilikka ayon. Ular özbekistonliklarni ğayriinsoniy usullar bilan qiynoqqa soladi va köpçilikni qamoqqa tiqadi. Ayrimlar tergov jarayonida öldiriladi yoki joniga qasd qiladi.
Töğri, Gdlyan va Ivanovning Özbekistondagi vahşiyliklari Andropovdan keyin SSSRga rahbarlik qilgan Konstantin Çernenko va Mixail Gorbaçyov davrida ham davom etadi. Ammo fakt şuki, ularni Özbekistonga yuboriş va özbekistonliklarni jazolaş aynan Andropovning xohişi edi.
Raşidovga qarşi kampaniya
Raşidov vafot etganidan söng köp ötmay unga qarşi katta kampaniya boşlanadi. Markazda va viloyatlarda u bilan döstona aloqada bölgan insonlar işdan haydaladi yoki mansabi pastlatiladi.
Moskva televideniyesi va markaziy gazetalarda, Özbekiston matbuotida Raşidovni qoralaş avj oladi. Tirikligida unga yaltoqlanib, maqtab yurganlar endi Raşidovni qoralay boşlaydi.
Raşidov vafot etganda avvaliga uni izzat-hurmat bilan kelajakda ulkan xotira majmuasi barpo etiş maqsadida Toşkent şahri markazida, hozirgi Mustaqillik maydonining bir çetiga dafn etişadi.
Raşidovni qoralaş kampaniyasi avjiga çiqqaç 1986-yilda uning jasadi birinçi dafn etilgan joydan çiqarib olinadi va Çiğatoy qabristoniga qayta dafn etiladi.
«Aytişlariça Qozoğiston rahbari Dinmuhammad Qönayev katta bir yiğinda yiğlamsirab degan ekan:
– Hoy, har qança gaping bölsa, – hozir, közim tirikligida aytib qol. Ölib ketganimdan keyin, anovi özbekka öxşab, görimni kovlama, orqamdan ğişt qalab yurma!».
Dinmuhammad Qönayev görimni kavlama deb aytganda Raşidovning qayta dafn etilişini nazarda tutgan edi.
Sönggi söz örnida. Sovet davrida ölimidan söng qattiq qoralangan Raşidov Özbekiston mustaqil bölgaç oqlanadi. Joylarga nomi beriladi, yubileylari ötkaziladi. Jizzaxda uy-muzeyi oçiladi.
Raşidovning özbek xalqi oldidagi xizmatlari inobatga olinib, ölimidan söng 1994-yilda Navoiy nomidagi davlat mukofoti beriladi.