Sobiq sovetlar davrida Özbekiston tom ma’noda paxta plantatsiyasiga aylantirilgandi. Bu davr oqibatlari mustaqillikdan keyingi ön yilliklarga ham ta’sir qildi. Kun.uz hamkorligida tayyorlangan hujjatli filmda taniqli ekspertlar Özbekiston qaçon va qanday qilib paxta yetiştiruvçi mamlakatga aylanib qolgani, özbeklar paxta tufayli qanday azob-uqubatlarga duçor bölgani, paxtaçilik mamlakat xöjaligi va genofondida qanday asoratlar qoldirgani haqidagi savollar yuzasidan fikrlarini bildirişgan.

Şuningdek, mustaqillik yillarida vaziyat qanday özgarib borgani va prezident Şavkat Mirziyoyev hokimiyatga kelgan ilk yillarda bu muammoga qanday çek qöygani eslab ötilgan.

«Paxta uyimizni kuydirdi...»

1980 yilda SSSRda yetiştirilgan paxta hosilining 30,1 foizi, 1987 yilda 31,3 foizi eksport qilinadi. SSSR 1976 va 1986 yillarda paxta tolasi eksporti hajmiga köra dunyoda mutlaq yetakçi böladi. Şuning 60 foizini Özbekiston ta’minlab bergan.

Kamoliddin Rabbimov, siyosatşunos:

«19-asrning ikkinçi çoragida Rossiya imperiyasi paxtani asosan Qöşma Ştatlardan sotib olardi. Ammo bir qança sabablarga köra Amerikadan kelayotgan paxta tannarxi qimmatlaşib ketadi, qolaversa, transport logistikasi yöllari beqaror bölib qoladi.

Natijada Çor Rossiyasi Özbekiston hududida paxta yetiştira boşlaydi. Ayniqsa, Farğona ekiş keng yölga qöyiladi, Amerikadan paxta sotib oliş töxtatiladi»

Baxtiyor Abduğafur, biologiya fanlari doktori:

«Turkistonda, xususan, Özbekiston hududlarida 20-asr boşlaridayoq paxta yetiştiriş bilan şuğullanilgandi. Farğona vodiysida rus, yahudiy va musulmon savdogarlari hamda tadbirkorlari paxta yetişni asosiy kasb faoliyatiga aylantirişgan. Paxta an’anaviy suğoriladigan maydonlarda yetiştirilgan.

Şörolar davrida esa butun Özbekiston hududini ulkan paxta xomaşyo bazasiga aylantiriş siyosati boşlanadi»

Otabek Bakirov, iqtisodçi:

«Sovetlar boşqaruvidagi dastlabki öttiz yillikda paxta yetiştiriş hali ekstraktiv sovet siyosatining uzviy qismiga aylanib ulgurmagandi. Asosiy muammolar uruşdan keyingi yillarda paxta yetiştirişni karrasiga oşiriş vazifasi qöyilganidan keyin, paxta yetiştiriş bilan boğliq kampaniya siyosiy mafkura kampaniyasiga aylanganidan keyin boşlangan»