Öyin tinç keçmasligi oldindan maʼlum edi.
Isroil – Irlandiya 0:3
Gollar: Perrott, 13 (0:1). Ida, 16 (0:2). Moylan, 25 (0:3)
Isroil: D. Perets, Şlomo, Stoinov, Revivo (Fayngold, 83), Mizrahiy, E. Perets, Kaniçovski (Azulay, 64), Solomon, Halayliy (Dasa, 76), Gluh, Turgeman (Toklomati, 64)
Irlandiya: Kelleher, Brayen, Kitçing, OŞi, Molumbi (Began, 88), Koventri, Menning, Abankva (Nayt, 69), Ida (Fillips, 69), Moylan (Kennon, 69), Perrott (Vata, 76)
Ogohlantirişlar: Şlomo, 59 - Ida, 59. Koventri, 89
Millatlar ligasi guruh bosqiçining ikkinçi turi doirasida Isroil va Irlandiya örtasida Vengriyaning Debretsen şahrida (Isroil uç yildan buyon xuddi Ukraina kabi milliy jamoa öyinlarini xorijda ötkazib kelmoqda) ötkazilgan öyin kutilganidek mojaroli keçdi: futbolçilar öyindan oldin özaro qöl berib salomlaşişdan boş tortdi, ramziy norozilik aksiyasi bildirildi va tanaffusgaça hisob yirik köriniş oldi.
Irlandlar isyoni
Maydondagi duşmanlik muhiti hakamning öyin boşlangani haqidagi huştagini çalişidan ança oldinroq, jamoalar anʼanaviy qöl berib körişiş marosimini ötkazişdan boş tortganidayoq yuzaga keldi. Jamoalar örtasida bayroqçalar (vimpel) almaşinuvi ham bölmadi.

Qolaversa, irlandiyalik futbolçilar maydonga motam boğiçlarini boğlab çiqişdi, mahalliy futbol assotsiatsiyasidagilar izoh berişiça, bu boğiçlar Ğazodagi harbiy harakatlar çoğida halok bölgan barça falastinliklarni xotirlaş ramzidir.
Bundan taşqari, Isroil madhiyasi ijro etilayotganida irlandiyalik futbolçilarning barçasi boşini namoyişkorona tarzda egib olişdi. Şuningdek, ikki jamoa sardorlari Dara ÖŞi va Manor Solomon ham öyinni kim boşlab berişini aniqlaş marosimidan keyin bir-biriga qöl bermadi.
Öyin boşlanişi bilan Irlandiya darhol taşabbusni qölga oldi. Birinçi bölim örtalaridan ötgandayoq öyin taqdiri hal böldi. Birinçi gol 14-daqiqada urildi, ikki daqiqa ötib irlandlar yana bir bor darvozani işğol etişdi. Köp ötmay hisob yirik körinişga keldi va Irlandiya tanaffusga uçta töp farqi bilan yöl oldi.
Uçinçi golni urgan Jeyk Moylan bilagidagi qora boğiçni öpdi va isroillik muxlislar ötirgan sektorga qarata namoyişkorana jest amalga oşirdi.













