Oliy Majlis Senatida 2-oktabr kuni bölib ötgan yalpi majlisda «Bolalarni zöravonlikning barça şakllaridan himoya qiliş tizimi takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonuni körib çiqildi va maʼqullandi.

Qonun töğrisidagi maʼruza uçun sözga çiqqan senator Abdulhakim Eşmurodovning maʼlumotiga köra, JK 118-moddasi 4-qismi (14 yoşga tölmagan şaxsning nomusiga tegiş) böyiça 2022-yilda 85 ta, 2023-yilda 108 ta, 2024-yilda 129 ta, 2025-yilda esa 123 ta jinoyat işi qözğatilgan.

119-modda 4-qismi (14 yoşga tölmagani aybdorga ayon bölgan şaxsga nisbatan jinsiy ehtiyojni zörlik işlatib ğayritabiiy usulda qondiriş) böyiça esa 2022-yilda 144 ta, 2023-yilda 163 ta, 2024-yilda 170 ta va 2025-yilda 116 ta jinoyat işi qayd etilgan.

Şuningdek, voyaga yetmaganlarga nisbatan şahvoniy şilqimlik böyiça murojaatlar soni 2023-yildagi 56 tadan 2025-yilda 141 taga oşgan.

«Mamlakatimizda bolalarning huquq va erkinliklarini taʼminlaş, ularni tazyiq va zöravonlikdan muhofaza qiliş davlat siyosatining eng ustuvor yönalişlaridan biri hisoblanadi. Ammo amaliyot tahlili voyaga yetmaganlarga nisbatan sodir etilayotgan jinsiy va jismoniy zöravonlik holatlariga qarşi jazo muqarrarligini taʼminlaş hamda protsessual himoya mexanizmlarini yanada kuçaytirişni taqozo etmoqda», – deyiladi Senat matbuot xizmati xabarida.

Senatorlar uşbu qonun jamiyatda bolalarga nisbatan zöravonlikning har qanday körinişiga çek qöyişga, sodir etilgan qilmiş uçun jazoning muqarrarligini taʼminlaşga hamda har bir bolaning xavfsiz va adolatli muhitda kamol topişiga xizmat qilişini alohida qayd etdi.

Endi hujjat kuçga kirişi uçun uni prezident imzolaşi kerak böladi.

25 yilgaça yoki umrbod ozodlikdan mahrum qiliş

Qonun bilan 14 yoşga tölmagan şaxsning nomusiga tekkanlik hamda unga nisbatan jinsiy ehtiyojni zörlik işlatib ğayritabiiy usulda qondirganlik uçun uzoq muddatli 25 yilgaça yoki umrbod ozodlikdan mahrum qiliş jazosi joriy etilmoqda.

Şuningdek, bolalarning jinsiy daxlsizligiga qarşi sodir etilgan öta oğir jinoyatlar böyiça javobgarlikka tortiş va hukmni ijro etiş muddatlari ötib ketgani qöllanmaydi.