Takliflarni murojaat.byurokratiyasiz2030.uz sayti orqali qoldirish mumkin.
Har safar «yana bir hujjat olib keling», «ertaga keling» degan gapni eshitganimizda vaqtimiz ketadi, ishimiz qoladi. Lekin bu talabning oʻzi kerakmi, uni bekor qilsa boʻlmaydimi?
Endi fuqarolar va tadbirkorlar aynan shunday ortiqcha talablarni oʻzgartirish boʻyicha taklif berishi mumkin. Oʻzbekistonda «Byurokratiyasiz Oʻzbekiston» tashabbusi boshlandi. Maqsad - odamlarni ovora qilayotgan tartiblarni ularning oʻzidan eshitib, soddalashtirish.
Siz ham ishingizni bitirishda qogʻozbozlik yoki ortiqcha talablarga duch kelganmisiz? Unda murojaat.byurokratiyasiz2030.uz saytiga kirib, oʻz taklifingizni yozib qoldiring.
Qaysi tartib sizni ovora qilyapti? U qancha vaqtingiz va mablagʻingizni olyapti? Uni qanday soddalashtirish mumkin? Aniq misollar bilan yozing.
Takliflar yigirmanchi noyabrgacha qabul qilinadi. Sizning taklifingiz koʻpchilikni qiynayotgan muammoni hal qilishga asos boʻlishi mumkin.






