Prezident Şavkat Mirziyoyev 19-oktabr kuni Amerika-Özbekiston işbilarmonlik va investitsiya kengaşining ikkinçi yiğilişi oçilişida iştirok etdi.
Tadbirda AQŞ davlat kotibi Marko Rubio, AQŞ prezidentining maxsus vakili Serjio Gor, Amerikaning yetakçi kompaniyalari va banklari vakillari ham qatnaşdi.
Davlat rahbari öz nutqida Özbekiston va AQŞ örtasidagi hamkorlikning yangi imkoniyatlari köp asrlar davomida xalqlar, madaniyatlar va savdo yöllarini birlaştirib kelgan şahar – Samarqandda muhokama qilinayotgani ramziy maʼnoga ega ekanini taʼkidladi.
Bugungi kunda Özbekiston va Amerika örtasidagi munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqiçga kötarilgani, bu eng avvalo, AQŞ prezidenti Donald Trampning şaxsiy eʼtibori va qöllab-quvvatlovi tufayli ekani qayd etildi.
Mustahkam siyosiy şeriklik asosida iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytiriş zarurligi taʼkidlandi.
Bu borada qöşma loyihalar va taşabbuslarni ilgari surişga salmoqli hissa qöşayotgan Amerika-Özbekiston işbilarmonlik va investitsiya kengaşi alohida örin tutadi.
Davlat rahbari Özbekistonda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarga töxtalib ötdi. Iqtisodiyot ösib bormoqda, yangi korxonalar işga tuşirilmoqda, iş örinlari yaratilmoqda, yoşlar uçun taʼlim oliş imkoniyatlari kengaymoqda.
Şu bilan birga, sanoatni yanada rivojlantiriş va zamonaviy infratuzilmani barpo etiş uçun investitsiyalar jalb qiliş jarayoni ilğor texnologiyalarni joriy etiş, bilim va tajriba almaşiş bilan birga olib borilişi zarurligi taʼkidlandi.
Bu borada AQŞ biznesi bilan hamkorlik qiliş böyiça katta tajriba töplangani taʼkidlandi. Bugungi kunda Özbekistonda Amerika sarmoyasi iştirokidagi yuzlab kompaniyalar faoliyat yuritmoqda. Ular bilan sanoat, energetika, transport, qişloq xöjaligi, taʼlim va yangi texnologiyalar sohalarida hamkorlik yölga qöyilgan. Ayni paytda Özbekiston kompaniyalari ham AQŞ iqtisodiyotiga investitsiya kiritişni boşlamoqda.
Muhim minerallarni özlaştiriş va çuqur qayta işlaş orqali yuqori texnologik mahsulotlar işlab çiqariş, zamonaviy va barqaror energetika tizimini rivojlantiriş, maʼlumotlarni qayta işlaş markazlarini taşkil etiş, sanoat, qişloq xöjaligi, taʼlim va davlat boşqaruviga sunʼiy intellekt hamda raqamli yeçimlarni joriy qiliş, taʼlim va kadrlar tayyorlaş hamkorlikni yanada kengaytiriş uçun istiqbolli yönalişlar sifatida körsatib ötildi.












