Jomboy tumani ekologiya va atrof muhitni muhofaza qiliş bölimi boşliği lavozimida işlagan şaxs jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.

Sud hukmiga köra, 39 yoşli J.R. tumanning Zarafşon mahallasida 100 tupga yaqin terak kesilgani holati böyiça çora körmaslik, tabiatga yetkazilgan zararni kamaytiriş hamda transport vositasini jarima maydonçasidan çiqarib beriş evaziga narxi 11 mln söm bölgan kompyuter jamlanmasini (monoblok) talab qilgan. 

U 26-iyun kuni öz xizmat xonasida monoblokni pora tariqasida olgan vaqtida tezkor tadbirda uşlangan.

J.R. sudda aybiga iqrorlik bildirgan hamda kompyuter jamlanmasini işxonasiga kerak bölgani uçun söraganini aytgan.

“2026-yil 24-iyun kuni yaşaş xonadonimdan kelayotganimda Jomboy tumanidagi Gallakapa köçasida bir neça notaniş şaxslar köçadagi teraklarni kesayotganini kördim. Ular oldiga bori, yuk maşinasi egasidan hujjatlarini oldim. Yuk maşinasini jarima maydonçasiga qöyib, daraxt kesgani böyiça dalolatnoma rasmiylaştirdim.

25-iyun kuni oldimga Jomboy tumanida yaşovçi şaxs kelib, daraxt kesganlar uning tanişi ekanini, yuk maşinasini jarima maydonçasidan çiqarib berişimni sörab, 300 dollar taklif qildi. Unga pul kerak emasligini, işxonamga kerak bölgani sababli kompyuter olib berişini, şundan söng yuk maşinasini jarima maydonçasidan çiqarişga yordam qilişimni aytdim. Lekin jarimani kamaytirib beraman demadim”, degan sudlanuvçi öz körsatmasida.

JIB Jomboy tuman sudi hukmi bilan J.R. Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora oliş) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilişda aybli deb topilgan. Unga 2 yil muddatga davlat iştirokidagi taşkilotlarda mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida işlaş huquqidan mahrum qilgan holda 5 yilga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.