Jamiyatdagi faol ayollarni tanitib boruvçi «Özbekoyim»ning navbatdagi sonida Şahnoza Soatova bilan suhbatlaşdik.
U qonunlarning işlaşidagi tösiqlar, kitobxonlik madaniyati muammolari, jamiyatning ayollarga munosabati va boşqa mavzulardagi qaraşlari bilan bölişdi.
«Huquqiy savodxonlikning özi yetarli emas – huquqqa rioya qiliş könikmasi va xohiş ham kerak»
– Inson huquqni bilişi mumkin, lekin unga amal qilişi, amal qilişni istaşi boşqa masala. Gap faqat huquqiy savodxonlikning özida emas.
Oddiy misol: haydovçi yölda piyodani ötkazib yuboriş kerakligini biladi, lekin ötkazib yubormaydi. Bu huquqni qöllaşni istaşi yoki boşqalarning huquqini hurmat qiliş ma'nosida haydovçining içki madaniyatiga boğliq.
Har bir böğinda huquqiy madaniyat bilan muammo bor. Mansabdorlar, davlat xizmatçilari, oddiy fuqarolarda ham huquqiy madaniyat bilan muammolar bor va buning ustida yillar davomida işlaşimiz kerak.
Ma'lumotni yetkazib qöygan bilan iş bitmaydi. Bir marta odamga ma'lumotni yetkazsangiz, bu – axborot. Uni bilimga aylantiriş kerak. Keyin könikmaga aylantiriş, şu könikmaga rioya qilişga istak uyğotiş kerak.
Umuman olganda, insonlarda qonunlar asosida yaşaş qonunsiz yaşaşdan köra özlari uçun foydali va qulay ekanligini tuşunişlari kerak.
Bizda qonunga nisbatan mensimaslik bor, ta'sirçanlik yöq. Yillar davomida yiğilib kelgan muammolarimiz bor. Ulardan eng kattasi – korrupsiya, uni jilovlaş qiyin bölyapti.
Odamlar hamma qonunlarni bilişi imkonsiz. Lekin işi tuşib borganda uning öz huquqini bilmasligidan u yerdagi xizmatçi foydalanib qolişi mumkin. Huquqini biladigan odamni aldaş qiyinroq. Şuning uçun odamlar heç bölmasa öz elementar huquqlarini bilişi va tepadagilarni pastdan turtib turişi kerak.
«Özbek tilini örganişdan manfaat bölişi kerak»

– Özbek tilining tarğiboti sust darajada. Boşqa til egalari özbek tilini örganaman deganda ularga şuni sifatli taqdim etadigan na uslubiy qöllanmalar, na öquv markazlari, na internetda yetarli kontent mavjud emas. Bu narsa bilan heç kim hozirgaça tizimli ravişda şuğullanmagan. Hamma joyda özbek tilini örgatuvçi axborotlar yoğilib ketişi kerak.











