Yamalda yangi rekord va antiqa gol nişonlaş, Qozoğistonda mağlubiyat
|12:25 / 30.09.202620 85612 min
Millatlar ligasi guruh bosqiçida 2-tur uçraşuvlari yakunlandi: Ispaniya mağlubiyatsiz seriyasini 40 öyinga yetkazdi, Angliyada «Real» va «Barsa» futbolçilari gol uyuştirişdi.
Foto: Europa Press via Getty Images Lamin Yamal navbatdagi golini nişonlamoqdaFoto: Europa Press via Getty Images Lamin Yamal navbatdagi golini nişonlamoqda
Ispaniya Xorvatiyani taslim etdi – 4:1. Lamin Yamal mavsum startida «Barsa»da bölgani kabi milliy jamoada ham yorqin öyin körsatmoqda.
2-daqiqadayoq u «Atletiko» futbolçisi Aleks Baenadan töpni qabul qilib olib, öz uslubida olis burçakni aniq nişonga oldi. Yamal birinçi turda Angliya darvozasini ham 2-daqiqada işğol etgandi.
28-daqiqada xorvatlar kutilmaganda muvozanatni tikladi – mehmonlarning öyindagi birinçi zarbasiyoq omadli çiqdi. Keksalikni tan olmayotgan Ivan Perişiç qatorasiga ikkinçi öyinda golli assist muallifi böldi – Dion Bele uning uzatmasini boş bilan golga aylantirdi.
Köp ötmay ispanlar yana hisobda oldinga çiqib olişdi: bu safar Yamal öz qanotidan ajoyib uzatma berdi, Mark Pubil boş bilan töpni darvoza töriga joylaştirdi. Tanaffusdan keyin Lamin yana bir bor öz nomini tabloga yozdirib qöydi: bu safar u yaqin burçakni aniq nişonga oldi. Golni esa antiqa uslubda nişonlab, töp ustiga ötirib oldi. U bunday harakatni Çempionlar ligasida ham amalga oşirgandi.
Foto: Europa Press via Getty Images
Uşbu 19 yoşli vinger «Barselona»da mavsum startidagi sakkiz öyinda 8+6 qayd etgan. Terma jamoaning Millatlar ligasidagi ikki öyinida esa 3+1 natijasini qayd etib, «Oltin töp» mukofoti uçun haqli ekanini yana bir bor namoyiş etdi.
Öyinning sönggi daqiqalarida zaxiradan tuşgan futbolçilar yakuniy hisobni örnatişdi: Mikel Merino pas berdi, Niko Uilyams darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga çiqib borib, olis burçakni aniq nişonga oldi.
Mavzuga oid
Ispaniyaning Sevilya şahridagi stadionga yiğilgan mahalliy muxlislar şu kuni nafaqat öz sevimli futbolçilarini, balki raqiblar safida zaxiradan tuşgan Luka Modriçni ham örnidan turgan holda olqişlaşdi.
Ispaniya qatorasiga 40 öyinda asosiy vaqtda yutqazmayapti va bu bilan öz rekordini yangilaşda davom etmoqda. Uşbu seriya 2024-yil martida boşlangandi. Sönggi mağlubiyat – Kolumbiyaga qarşi örtoqlik öyinida bölgan (0:1). Bu davrda Millatlar ligasi finalida Portugaliyaga qarşi keçgan öyinda ham ispanlar mağlubiyatga uçragan, ammo öşa öyinning asosiy vaqtida durang natija qayd etilgan va ğolib penaltilar seriyasida aniqlangan (2:2, 3:5).
Şu kuni Yamal Ispaniya milliy jamoasi tarixida bir öyinda 2+1 natijasiga erişgan eng yoş futbolçi böldi: u 19 yoş-u 78 kunlik. Bundan oldingi rekord Raul va Xoseba Eçeberriyaga tegişli bölib turgandi (ikkisi ham 21 yoş-u 273 kunligida şunday natija qayd etgan).
Guruhdagi ikkinçi öyinda Angliya Çexiyani osonlik bilan mağlubiyatga uçratdi – 2:0. Çexlar 25-daqiqadayoq ozçilik bölib qolişdi: Pavel Şuls Elliot Andersonga nisbatan xavfli podkat işlatdi va videotakrordan keyin qoidabuzarga qizil kartoçka körsatildi.
Inglizlar bir soatdan oşiq vaqt davomida köpçilik bölib öynaşganiga qaramay, ikki gol bilan kifoyalanişdi. Birinçisi – klasikodagi raqiblar iştirokida uyuştirildi. Ikkinçi bölim boşida «Real» himoyaçisi Trent Aleksander-Arnold töpni havolatib jarima maydoniga uzatdi, «Barselona» aʼzosi Entoni Gordon esa heç qanday qarşilikka uçramasdan, boşda aniq zarba berdi.
Bu – Trent 2024-yil oktabridan buyon terma jamoada samarali harakat amalga oşirişi böldi, Gordon esa qatorasiga ikkinçi öyinda gol urmoqda.
Harri Keyn ham şu kuni maydonni golsiz tark etmadi. 69-daqiqada u jarima maydonidan qaytib çiqqan töpga kuçli zarba berdi va töp himoyaçi oyoqlari orasidan ötib, darvoza töriga borib tuşdi. Bu ingliz hujumçisi uçun mavsumdagi sakkizinçi gol böldi. Millatlar ligasi birinçi turida Harri ispanlar darvozasini işğol etgandi (lekin inglizlar öşanda 2:3 hisobida yutqazgandi), «Bavariya» safida esa u yetti öyinda 6+1 körsatkiçini qayd etgan.
Birinçi turda Şimoliy Makedoniyaga qarşi safardan yirik ğalaba bilan qaytgan Şveysariya ikkinçi öyinda ham yirik hisobda ğalaba qozondi va Şotlandiya darvozasiga ham safarda uçta gol yölladi – 3:0. Öyin masalasi startdayoq hal böldi: mezbonlar himoyaçisi Jek Hendri jarima maydonida qöpollik qildi va hakam unga sariq kartoçka körsatib, penalti belgiladi. VAR aralaşuvidan keyin esa fol jarima maydoni taşqarisida amalga oşirilgani aniqlandi va kartoçkaning rangi qizilga özgarib, jarima zarbasi belgilandi. Mehmonlar himoyaçisi Rikardo Rodriges esa jarima zarbasidan töpni töğri darvoza töriga yönaltirdi. Şotlandlar 12-daqiqadayoq gol ötkazib yuborişdi va qolgan vaqt davomida ozçilik bölib öynaşiga töğri keldi.
Ikkinçi bölimda Şveysariya yana bir himoyaçisi Niko Elvedi hamda hujumçi Zeki Amdunining gollari evaziga işni oxiriga yetkazib qöydi. Şu kuni Rodriyes uçun jarima zarbasi (va raqibga qizil) işlagan Dan Ndoye ikkinçi bölimda ikki golli uzatma muallifi böldi.
Birinçi turda şveysarlarga mağlub bölgan Şimoliy Makedoniya Sloveniyaga ham heç narsa taslim qila olmadi – 2:0. Mezbonlar ikkinçi bölimda urilgan gollar evaziga ğolib çiqişdi: Sandi Lovriç 55-daqiqada yaqin burçakka qaytarib bölmas zarba yölladi, 82-daqiqada Aleşa Matko qarşi hujumni gol bilan yakunlab, intrigaga barham berdi. Slovenlar bu öyinda ham gol ötkazişmadi – Şotlandiyaga qarşi keçgan birinçi öyinda hisob oçilmagandi (0:0).
Belarus va Finlandiya öyinida muxlislar gol körişmadi – 0:0. Belarus nafaqat öz darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi, balki ikkinçi bölimda raqib darvozasini işğol etişdi ham. Ammo Aleksandr Selyavaning goli ofsayd tufayli bekor qilindi. Qolaversa, «Monako» darvozaboni Lukaş Gradetski bir neça vaziyatda mezbonlarni qutqarib qoldi. Belarusliklar safarda munosib harakat qilişdi va turnirdagi ilk oçkosini qölga kiritdi.
Ötgan turda Finlandiyadan 7 ta javobsiz gol ötkazgan San-Marinoni Albaniyaga ham yirik hisobda mağlub böldi – 3:0. 21-daqiqada yarimhimoyaçi Anis Mehmeti burçak zarbasidan keyin hisobni oçdi, Myurto Uzuni esa 27-daqiqada qaytgan töpga birinçi bölib yetib borib, hisobdagi farqni oşirdi. Ikkinçi bölimda Rey Manay hisobni yirik körinişga keltirdi.
3-oktabr. Finlandiya – Albaniya, Belarus – San-Marino
Slovakiya Qozoğistonni öyin oxiridagi gol evaziga taslim etişdi – 2:1. Qozoğistonliklar uçun safar öyini qiyin keçdi. 26-daqiqada Leo Sauer amalda böş darvozani işğol etib, hisobni oçdi, köp ötmay Ramazon Karimov jamoasining öyindagi ilk zarbasini golga aylantirdi. Şundan keyin mehmonlar hisobni uşlaş uçun öynaşdi va töliq himoyalanişdi, ammo 82-daqiqada baribir burçak zarbasidan gol ötkazib yuborişdi.
Moldova Farer orollari jamoasi bilan durang öynadi – 1:1. Farerliklar Vilormur Davidsenning penaltidan urgan goli evaziga hisobda oldinga çiqib olişgandi. Moldova ikkinçi bölimda çiroyli gol bilan javob qaytardi: Sergiu Perçun 66-daqiqada jarima zarbasidan töpni Leo Messi uslubida darvoza töriga yönaltirdi.
Italiya B seriyasidagi «Askoli» klubining 20 yoşli yarimhimoyaçisi tepgan töp avvaliga ustunga tegdi, keyin esa darvoza töqqizligiga borib tuşdi – 1:1.
2-oktabr. Qozoğiston – Moldova, Farer orollari – Slovakiya
Bolgariya – Estoniya 0:0 Bolgariya: Naumov, K. Dimitrov, Velkov, Velkovski, Turitsov (Y. Stoyanov, 73), Gruyev, K. Stoyanov (Panayotov, 46), Sonev (Çandarov, 46), Z. Dimitrov (Balov, 46), M. Petkov (Ivanov, 70), L. Petkov Estoniya: Xeyn, Paskoçi, Tiugyas, Mets, Şenning-Larsen, Saarma (Liyvak, 74), Poom, Kyayt (Palumets, 58), Soomets (Miller, 58), Mustmaa (Myannilaan, 46), Kristal Ogohlantirişlar: Velkovski, 9. Sonev, 37. K. Dimitrov, 90 – Paskoçi, 48. Kristal, 89
Islandiya Lyuksemburgga heç qanday imkon qoldirmadi – 3:0. Birinçi bölimda Andri Gudyonsen (Eyder Gudyonsenning öğli) va Orri Ouskarsson boğlami qarşi hujumlarda bittadan gol va bittadan pas muallifi bölişdi. Tanaffusdan keyin Viktor Paulsson burçak zarbasidan uçinçi golni urdi.
Bolgariya va Estoniya öyinida esa hisob oçilmadi – 0:0. Mezbonlar faolroq bölişdi va zarbalar borasida ustunlik qilişdi (17:6), kamida bitta golga haqli edi, ammo vaziyatlardan foydalana olişmadi. Estonlar qatorasiga ikkinçi öyinda durangga erişdi, birinçi turda Islandiya bilan 1:1 hisobi qayd etilgandi.
Endi Millatlar ligasida kiçik pauza böladi – çorşanba oqşomida öyinlar yöq, payşanbadan serial davom etadi va muxlislar uçinçi turning birinçi kunida Germaniya, Portugaliya va Norvegiya milliy jamoalari öyinlariga guvoh bölişadi.