Bugun, 24-sentabr kuni Yaponiyada bölib ötayotgan XX Osiyo öyinlarida Özbekiston delegatsiyasi aʼzolari akademik eşkak eşiş hamda kanoe va baydarkada eşkak eşiş böyiça musobaqalarga kirişişdi.
Kanoeda eşkak eşiş böyiça ayollar örtasidagi yakkalik (200 metr) bahslarida Şohsanam Şerzodova marraga birinçi bölib yetib keldi va oltin medalga sazovor böldi.
Bu Özbekiston delegatsiyasining turnirdagi ikkinçi oltin medali böldi.
Eşkak eşuvçilar jamoasi yana 5 ta kumuş va 2 ta bronza qölga kiritişdi.
Hangjoudagi Osiyo öyinlarida çempion bölgan Anna Prakaten bu safar natijasini takrorlay olmadi va marraga 2-bölib yetib kelib, kumuş medal bilan kifoyalandi.
Şuningdek, akademik eşkak eşiş yakkalik dasturida Şahboz Xolmurzayev, juftlik dasturida Mehroj Mamatqulov va Pavel Sorin, ayollar örtasidagi 4 kişilik qayiqda Anna Aksenova, Mariya Sergeyeva, Rayhona Sattorova va Aydana Smetullayeva, kanoe bahslarida Artur Guliyev hamda Vladlen Denisov kumuş (jami 4 ta) medallarni qölga kiritişdi.
Baydarkaçi qizlar örtasida 500 metr masofaga Arina Tanatmişeva va Yekaterina Şubina juftligi, eşkak eşiş böyiça Maksim Golubev va Alişer Turdiyev dueti bronza medallarga ega çiqişdi.
Hozirda Özbekiston delegatsiyasi umumiy reytingda 2 ta oltin, 9 ta kumuş va 7 ta bronza bilan 9-örinda bormoqda.










