O‘zbekiston Afg‘onistondagi zilzila qurbonlari oilalariga hamdardlik bildirdi
Afg‘oniston shimoli-g‘arbidagi Hirot viloyatida sodir bo‘lgan zilzila oqibatida 2053 dan ortiq odam halok bo‘ldi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Afg‘onistonning g‘arbiy viloyatlarida sodir bo‘lgan zilzila oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va keng ko‘lamli vayronagarchiliklar yuzaga kelgani munosabati bilan rasmiy bayonot berdi.
"Afg‘onistonning g‘arbiy viloyatlarida ko‘plab insonlarning halok bo‘lishi va keng ko‘lamli vayronagarchiliklarga olib kelgan zilzila haqidagi xabar O‘zbekistonda chuqur qayg‘u bilan qabul qilindi, – deyiladi O‘zbekiston TIV bayonotida. – Zilzila qurbonlarining oila a’zolariga samimiy hamdardlik bildiramiz, afg‘on xalqining qayg‘usiga sherikmiz va jabrlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz. O‘zbekiston tomoni Afg‘oniston va uning xalqi bilan bugungi og‘ir damlarda birgadir".
Afg‘oniston shimoli-g‘arbidagi Hirot viloyatida sodir bo‘lgan zilzila oqibatida 2053 dan ortiq odam halok bo‘lgan, 9000 dan ortiq kishi jarohatlangan.
AQSh Geologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Hirotda 7 oktyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 11:00 atrofida (Toshkentda 10:30) 8 daqiqalik interval bilan zilzilalar sodir bo‘lgan. Yer silkinishlari magnitudasi 4,6 dan 6,3 ballgacha bo‘lgan.
Mavzuga oid
21:23 / 28.12.2024
Pokiston-Afg‘oniston chegarasida janglar boshlandi
19:50 / 28.12.2024
O‘zbekistonlik shifokorlar Afg‘onistonda 1300 nafardan ziyod insonlarni bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi.
17:13 / 25.12.2024
O‘zbekiston Afg‘oniston aholisiga insonparvarlik yordami va «Salomatlik» poyezdini jo‘natdi
17:10 / 25.12.2024