Şavkat Mirziyoyev Yangi Toşkentda bunyod etilgan inşootlarni işga tuşiriş va yangi loyihalarning qurilişiga start beriş marosimida iştirok etdi. Bu haqda Prezident mutbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilişiça, barpo etilayotgan Yangi Toşkentda birinçi bosqiçning özida 50 milliard dollarlik loyihalarni amalga oşiriş közda tutilgan. Şaharda 2 ming gektar yaşil maydon va 500 gektar istirohat boğlari taşkil etiladi. «Yaşil quriliş standartlari» asosida 150 million kvadrat metr turar va noturar joy maydonlari barpo qilinadi.
Ötgan davrda Yangi Toşkentda 2 milliard dollarlik işlar bajarildi. Turar joylar, universitetlar, kutubxona va amfiteatr qurildi. Bugungi marosimda umumiy qiymati 1 milliard dollar bölgan yettita obyekt işga tuşirildi.
Bular «Şarq bahori» turar joy majmuasining birinçi bosqiçi, yöl va infratuzilma obyektlari, «Yangi Toşkent» 1-son nimstansiyasi, trigeneratsiya stansiyasi, Savdo-sanoat palatasi binosi, «Sohil boği» istirohat boği hamda 2 ming örinli umumtaʼlim maktabidir.

Turkiyaning «MIMSAN» kompaniyasi iştirokida 73 million dollar investitsiya hisobiga barpo etilgan trigeneratsiya stansiyasi 100 ming xonadonni markazlaşgan tarzda isitiş va sovitiş, ayni paytda elektr energiyasi işlab çiqariş imkonini beradi. Xitoyning «Haocheng Industry Group Limited» kompaniyasi bilan qurilgan nimstansiya va yuqori kuçlanişli elektr tarmoqlari loyihasining qiymati 95 million dollarni taşkil etadi.
Şuningdek, 18 kilometr avtomobil yöli barpo etilib, 13 kilometr kanalizatsiya va 4,5 kilometr içimlik suv tarmoqlari tortildi. Qirğoq böylab 10 kilometrlik «Sohil boği»da piyodalar va velosiped yölaklari taşkil qilindi. «Şarq bahori» turar joy majmuasining ilk bosqiçida qariyb 7 mingta xonadon qurildi.

Marosimda Xitoy, Turkiya, Birlaşgan Arab Amirliklari va boşqa xorijlik hamkorlar iştirokida umumiy qiymati 2,5 milliard dollar bölgan yana önta yirik loyiha qurilişiga start berildi.
Ulardan biri yuqori texnologik mahsulotlar va yarim ötkazgiçlar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan «Deep Tech park» sanoat hududidir. Uni barpo etişga 320 million dollar yönaltiriladi. Kelgusida bu yerda umumiy qiymati 1,7 milliard dollarlik loyihalar joylaştiriladi.













