Zomin tumanida inson ölimi bilan boğliq YTH sodir böldi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

YTH 26-sentabrdan 27-sentabrga ötar keçasi tumanning Yoşlik mahallasi hududida sodir bölgan. 34 yoşli D.A. Lacetti maşinasini boşqarib ketayotib, özidan oldinda çapga burilişni amalga oşirayotgan yuk maşinasi ortiga borib töxtagan. Şunda bir yönalişda kelayotgan, Jizzax viloyati YHXB inspektori 27 yoşli J.A. boşqaruvida bölgan ikkinçi Lacetti ortdan kelib urilgan. 

Screenshot_1

Oqibatda oldindagi Lacetti yuk maşinasi bilan töqnaşgan. Unda yölovçi sifatida ketayotgan 35 yoşli F.R. oğir tan jarohati olib, şifoxonaning jonlantiriş bölimiga yotqizilgan. 3 farzandning otasi bölgan erkak körsatilgan tibbiy yordamga qaramay, şifoxonada vafot etgan.

Screenshot_2

Inspektor maşinani mast holda boşqargani aytilmoqda.

Hozirda holat yuzasidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.