Sergey Lavrov umumiy munozaralarning beşinçi kunida minbarga çiqdi. U nutqi boşidan ŞHT, BRIKS, MDH taşkilotlarini maqtab, bu tuzilmalarda jamlanganlar endi xalqaro masʼuliyatni böyniga olyapti deya Ğarb gegemonligi tarixda qoldi, demoqçi böldi.
Rossiya taşqi işlar vaziri AQŞning Venesuela operatsiyasini keskin qoraladi. Lavrovga köra, bu mutlaqo noqonuniy.
«Axloqiy meyorlarga zid ravişda AQŞ Venesuelaga bostirib kirdi, natijada prezident Maduro va uning turmuş örtoği öğirlanib, sud qilinmasdan Amerika qamoqxonasida uşlab turildi. Bu xalqaro huquq har qanday davlatning eng yuqori martabali davlat amaldorlari immunitetlarga ega bölişi kerakligini aniq körsatişiga qaramay sodir böldi. Biz Venesuela rahbari va uning turmuş örtoğini zudlik bilan ozod qilişni va bunday haddan taşqari xatti-harakatlarning takrorlanmasligini talab qilamiz», dedi Lavrov.
Şuningdek, u Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Xominaiy va oila aʼzolari, Eron Islom Respublikasi harbiy va siyosiy rahbariyati aʼzolarini öldiriş uçun kuç işlatilganini qabul qilib bölmasligini taʼkidladi.
Rossiya vakiliga köra, Ğazodagi tinçlik rejasi umuman işlayotgani yöq.
«Deyarli bir yil oldin Xavfsizlik kengaşi Ğazo sektori uçun tinçlik rejasini tasdiqlagan edi, ammo u yerda tinçlik hukm surmayapti. Keksa odamlar, ayollar va bolalar u yerda halok bölişda davom etmoqda. Gumanitar vaziyat oğir. Ğarbiy sohilda vaziyat yomonlaşişda davom etmoqda, u yerda Isroil özining aholi punktlarini quriş faoliyatini kuçaytirmoqda. Agar vaziyat davom etsa, Falastin davlatini tuziş imkonsiz böladi, joy qolmaydi. Ammo agar şunday bölsa, Isroilning xavfsizligi ham doimiy tahdid ostida böladi», deydi Lavrov.
Rossiya vakili çiqişida Kubadagi vaziyatga ham töxtalib, Moskva doim Kubaning yonida ekanini bildirdi.
«Kubadagi dahşatli gumanitar vaziyatni bartaraf etiş uçun şoşilinç çoralar köriş kerak. Biz Kuba xalqi va uning hukumati bilan birgamiz. Biz AQŞni oroldagi qamalni bekor qilişga va Kuba bilan savdodagi barça çeklovlarni olib taşlaşga, uni öşa jirkanç röyxatdan, terrorizmni qöllab-quvvatlovçi davlatlar röyxatidan çiqarib taşlaşga çaqiramiz», dedi Lavrov.
Vazirning qöşimça qilişiça, Ukraina uruşining davom etişiga eng katta sababçi - Yevropa. Ular Trampning tinçlik muzokaralarini bekor qiliş uçun qölidan kelganini qilişmoqda.
«Xalqaro huquq va xavfsizlikka hurmatsizlik ruhida Ukrainada beparvo harakatlar amalga oşirilmoqda. Göyoki Rossiyani çeklaş maqsadida, AQŞ Yevropa xavfsizlik tizimini yöq qildi va Kiyevda rusofob rejimni yaratdi. Buning qançalik behuda ekanini tuşungan Yevropa Tramp maʼmuriyatini qiziqtirgan tinçlik muzokaralarini barbod qiliş uçun qölidan kelganini qilmoqda. Ğarb Ukraina rejimini qurol-yaroğga töldirmoqda, Kiyevga dron va raketalarni tinç aholi va fuqarolik infratuzilmasiga yönaltirişga yordam bermoqda. Ğarb Rossiyaga strategik mağlubiyat yetkazişga intilmoqda, ammo bu intilişlar uruş qözğatuvçilarni strategik tupikka olib boradi», deydi Lavrov.








