Xiva şahri markaziy qismining «Dişan qal'a» hududida joylaşgan madaniy meros obektlarini tadbirkorlik sub'yektlariga investitsiya kiritiş şarti bilan ijaraga berilişi ma'lum qilinmoqda. Bu haqda Özbekiston Savdo-sanoat palatasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, davlatga tegişli madaniy meros obektlarini ijaraga beriş Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 6 martdagi 53-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Moddiy- madaniy meros obektlarini va ularga tutaş hududlarni ularni obodonlaştiriş va zarur holatda saqlaş böyiça investitsiya majburiyatlarini olgan holda ijaraga beriş tartibi töğrisidagi Nizom»ga muvofiq amalga oşiriladi.
Ayni paytda Xorazm viloyati madaniy meros obektlarini muhofaza kiliş va ulardan foydalaniş Davlat inspeksiyasi balansida bölgan 11ta obekt ijaraga berilişi mumkin.
Ular orasida Olloqulixon karvonsaroyi, Döst Alam madrasasi, Polvon qori madrasasi va minorasi ham mavjud. Barça obektlarning texnik holati ta'mirtalab bölib, eng kamida 170 million söm sarmoya kiritilişi lozim.









