«Haqiqiy qahramon»

Maççhar oilaviy töqimaçilik biznesi bilan şuğullanişni rejalaştirgandi, 19 yoşida esa aviatsiyaga qiziqib qoladi va bu uning onasini katta xavotirga soladi, deya hikoya qiladi Reuters agentligining Hindistondagi byurosi. 30-sentabr kungi parvoz vaqtida uning öğliga havodagi samolyot kabinasida ikkinçi uçuvçi piçoq bilan hujum qilib, jarohat yetkazdi.

Isroil rasmiylariga köra, kabina polida qonga belangan holda yotgan Smit Maççhar eşikni oçiş tugmasini bosişga ulgurgan va şundan keyin kabinaga yölovçilardan biri va ekipaj aʼzolari kira olgan. Kema komandiriga hujum qilgan ikkinçi uçuvçi zararsizlantirilgaç, bortda bölgan va qaytişda uçuvçilarni almaştirişi kerak bölgan ikkinçi ekipaj samolyot boşqaruvini qölga olib, Saudiya Arabistonining Tobuk şahridagi aeroportga favqulodda qönişni amalga oşirgan.

«U [Maççhar] öz hayotini xatarga qöyib, mardona olişdi va 11-sentabr voqealariga öxşaş teraktning oldini oldi», – dedi payşanba kuni Hindiston boş vaziri Narendra Modi.

Avvalroq u X ijtimoiy tarmoqğida şunday yozgandi: «Kapitan Smit Maççxar – QAHRAMON. Ulkan xavf bilan töqnaşib, jiddiy jarohat olganidan keyin ham u boşqalarning hayotini saqlab qoliş uçun aql bovar qilmas jasorat va qatʼiyat körsatdi».

Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu ham Maççharga «favqulodda jasorat» uçun minnatdorçilik bildirgan.

«Piçoqda yetkazilgan oğir jarohatlarga qaramay, u qarşilik körsatdi, kabina eşigini oçdi va yölovçilar hamda ekipaj aʼzolariga hujum qilgan uçuvçini zararsizlantirişga imkon berdi, bu bilan havodagi halokatning oldini oldi. U 174 kişining, jumladan, Isroil va boşqa davlatlar fuqarolarining hayotini saqlab qoldi», – deya yozdi çorşanba kuni Isroil boş vaziri X ijtimoiy tarmoğida va hindistonlik uçuvçining tezda töliq soğayib ketişini tiladi.

«U haqiqiy qahramon», – degan Netanyahu.

photo_2026-10-01_20-46-37
Nir Keidar / Anadolu / Getty Images
FlyDubai aviakompaniyasining zaxira samolyoti Tobukdagi yölovçilarni olib, FZ1073 reysi orqali Ben-Gurion aeroportiga yetkazdi

«Atrofdagilar uçuvçi ekanimni bilişini istamayman»

Kapitan Maççhar Mumbayda tuğilib ösgan, uning ota-onasi hamon şu şaharda yaşaydi.