Isroil harbiy-havo kuçlari ikkinçi uçuvçi tomonidan kapitanga hujum qilinganidan keyin, bortda 150 nafar fuqarosi bölganiga qaramay, Flydubai samolyotini urib tuşirişga tayyor edi. Bu haqda CBS News naşri Isroildagi vaziyatdan boxabar bölgan ikki manbasiga tayanib xabar tarqatdi.

Suhbatdoşlarga köra, Isroilda 11-sentabr terakti ssenariysidagi hodisalarga reaksiya körsatiş uçun işlab çiqilgan harakatlaniş tartibi bor. Samolyot keskin pastlagaç, Isroil harbiy-havo kuçlari ekipaj bilan boğlanişga uringan. Bu iş bermaganidan keyin oldindan şakllantirilgan qömita yiğilişi çaqirilgan va boşqaruv markazi taşkil etilgan.

Isroil öz havo kengliklarini yopgan va qiruvçi samolyotlarini havoga kötargan. Samolyot yönalişini özgartirgani va Saudiya Arabistoniga uçayotgani maʼlum bölgaç, qiruvçilar qaytarilgan, öz navbatida, Saudiya hukumati öz samolyotlarini havoga çiqargan.

Manbalar taʼkidlaşiça, agar samolyot yönalişini özgartirmaganida, qiruvçi samolyotlar uçuvçilari kabinada nimalar bölayotganini yaqindan köriş uçun unga yaqinlaşişi, yölovçilarning holatini baholaşi va olingan maʼlumotni boşqaruv markaziga uzatişi kerak bölardi. Agar u yerdagilar samolyot olib qoçilgan, jinoyatçilar esa heç qanday talablarni ilgari surmayapti deb topilsa, qömita mudofaa vaziri hamda boş vazirga aloqaga çiqişi kerak edi.

Protokolga köra, samolyotni urib tuşiriş qarorini boş vazir qabul qiladi. Manbalarning sözlariga köra, samolyot osmonöpar binolar, aeroportlar yoki quruqlikdagi boşqa nişonlarga hujum qiliş maqsadida olib qoçilgan bölsa, uni urib tuşiriş kamroq talafot yetkazadigan yeçim sifatida baholanadi.

Ikkinçi uçuvçining yangi iqrorlari

Ötgan hafta oxirida Flydubai samolyotining ikkinçi uçuvçisi haqida dastlabki maʼlumotlar paydo bölgandi. OAVga köra, u Ömon fuqarosi, 29 yoşli Hammam al-Hammamiy hisoblanadi. BAA huquq-tartibot organlari uni söroq qilişni davom ettirmoqda.

Isroil tomoni tergov jarayoni haqida doimiy ravişda xabardor qilib boriladi, ammo hozirça jamoatçilikka maʼlum maʼlumotlar kam.

Şunga qaramay, Isroildagi naşrlar tergov jarayonidan xabardor manbalarga tayanib, ikkinçi uçuvçi kapitan Smit Maççharga hujum qilganidan keyin parvozni davom ettiriş, Isroil havo hududiga kiriş va Tel-Aviv aeroportiga qöniş uçun ruxsat oliş niyatida bölganini xabar qildi