Bugun xonanda Shohruhxon konsertining ilk kuniga start beriladi

Xabaringiz bor yoshlarning sevimli qo‘shiqchisi, o‘zbek estradasining yorqin yulduzi xonanda Shoxruhxon 23-24-26 may kunlari “Istiqlol” san'at saroyida “Yulduzlar” deb nomlangan yakkaxon konsert dasturini taqdim etmoqda. Bugun konsertning ilk kuniga start beriladi.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, uzoq kutilgan konsert dasturida 5 ta duet qo‘shiq kuylanishi kutilmoqda. Ushbu duetlar ichida xonanda Shahzoda bilan birgalikda kuylangan “Allo” dueti ham ijro etiladi. Ammo qolgan to‘rtta duet kimlar bilan ijro etilishi haqida aniq ma'lumotlar yo‘q. Bu konsert tashkilotchilari, qolaversa, xonandaning o‘zi tomonidan muxlislari uchun atalgan syurpriz bo‘lishi mumkin.
Oxirgi paytlarda ijodga jiddiy bel bog‘lagan xonandaning birin ketin yangi qo‘shiqlarini konsert dasturida tinglash imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Ushbu qo‘shiqlardan biri “Darak yo‘q” taronasi bo‘lib, qo‘shiq so‘zini Shohro‘z yaratgan. Oranjirovkasi Jasur Badalboyevga, musiqasi esa Shoxruhxonning o‘ziga tegishli. Ayni damda qo‘shiqqa klip suratga olinib, muxlislarga taqdim etildi. Klipda bosh rolni Asal Shodiyeva talqin etgan.
Bundan tashqari, kutilayotgan konsert dasturi ajoyib shou dasturiga aylanishi kutilmoqda. Bunga dasturga tashrif buyurib, o‘zingiz shaxsan guvoh bo‘lishingiz mumkin.
Kontsert tafsilotlari haqida saytimiz orqali to‘liq xabardor bo‘lishingiz mumkin.

Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda BYD piyodani urib yubordi
Jamiyat | 20:17
-
Argentina sohillarida 7,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
Jahon | 20:13
-
«Moskvaga aniq signal». Resurslar bo‘yicha kelishuv AQShning Ukrainadagi urush bo‘yicha ritorikasini qanday o‘zgartirdi?
Jahon | 19:38
-
Bloomberg: Tramp jamoasi Rossiyaga iqtisodiy bosimlarni kuchaytirish variantlarini tayyorladi
Jahon | 19:35