Mukofotlar taʼlim tizimini rivojlantiriş, ilğor pedagogik va raqamli texnologiyalarni joriy etiş, yoşlarga zamonaviy bilim va kasb-hunar örgatiş, yuqori malakali kadrlar tayyorlaş hamda taʼlimga oid investitsiya loyihalarini amalga oşirişdagi xizmatlar uçun topşiriladi.

Ikki pedagog xalq öqituvçisi unvoniga sazovor böldi

«Özbekiston Respublikasi xalq öqituvçisi» faxriy unvoni bilan:

Ergaş Allanazaroviç Saidov - Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi 6-maktabning boşlanğiç sinf öqituvçisi;

Azimbay Saburoviç Saparbayev - Qoraqalpoğiston Respublikasi Amudaryo tumanidagi 36-maktabning matematika fani öqituvçisi taqdirlandi.

«Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan xalq taʼlimi xodimi» faxriy unvoni Çinoz tumanidagi 1-maktabning tasviriy sanʼat va çizmaçilik fani öqituvçisi Kamil Şamukaramov hamda Namangan şahridagi 4-maktabning boşlanğiç sinf öqituvçisi Rahima Hakimovaga berildi.

Zomin tumanidagi 1-maktab jamoatçilik kengaşi raisi Ismatulla Raimov va Samarqand davlat universitetining öquv işlari böyiça birinçi prorektori Ahmadjon Soleyev «Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi» unvoniga sazovor böldi.

Olimlar, sport va madaniyat vakillari ham taqdirlandi

Fanlar akademiyasi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti direktorining ilmiy işlar böyiça örinbosari Mirtemir Qurbonovga «Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan ixtiroçi va ratsionalizator» faxriy unvoni berildi.

Oltinköl tumanidagi 2-maktabning jismoniy tarbiya fani öqituvçisi Botirbek Muqimov hamda Sportning qişki va murakkab texnik turlari böyiça Respublika oliy sport mahorati maktabi murabbiysi Vohiddin Najmidinov «Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan sport ustozi» unvoni bilan taqdirlandi.

R. Glier nomidagi Respublika ixtisoslaştirilgan musiqa maktabining özbek xalq çolğulari bölimi jörnavozi Gulnora Uteyevaga «Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi» unvoni berildi.

Xorijiy hamkorlarga «Döstlik» ordeni berildi

«Döstlik» ordeni bilan taqdirlanganlar orasida Germaniyaning GP Günter Papenburg AG kompaniyasi direktorlar kengaşi aʼzosi Angela Papenburg, GIZʼning Özbekistonda kasbiy taʼlim tizimini isloh qiliş va modernizatsiya qilişni qöllab-quvvatlaş loyihasi rahbari Mattias Klingenberg ham bor.