Portugaliya milliy jamoasi hujumçisi Kriştianu Ronaldu terma jamoa qarorgohini tark etdi. Futbolçi bu haqda öz Instagram sahifasida maʼlum qilgan.

Ronalduning aytişiça, u milliy jamoa boş murabbiyining matbuot anjumani va Portugaliya futbol federatsiyasi prezidenti bilan suhbatdan keyin şunday qarorga kelgan.

«Milliy jamoa boş murabbiyining matbuot anjumanidan va Portugaliya futbol federatsiyasi prezidenti bilan suhbatdan söng terma jamoa yiğinini tark etişga qaror qildim.

Vaqti kelganda barça portugaliyaliklarga doimo borimni berib kelgan milliy jamoani tark etişimga nima sabab bölgani haqida haqiqatni aytib beraman. Hozir esa Portugaliyaga va istisnosiz barça jamoadoşlarimga omad tilaş vaqti keldi», - deb yozdi Ronaldu.

Hozirça futbolçi milliy jamoadagi faoliyatini butunlay yakunlagani yoki faqat joriy yiğinni tark etgani haqida maʼlumot berilmagan.

Kriştianu Ronaldu Portugaliya milliy jamoasi safida 234 ta öyin ötkazib, 146 ta gol urgan.