11:52 / 20.04.2017
40928

Adliya vazirligida o‘zgarishlar ro‘y berdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19 apreldagi qarori bilan Nodirjon Jo‘rayev O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Ikramov Muzraf Mubarakxodjayevichning birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan. Xuddi shu qaror bilan Akbar Toshqulov vazir o‘rinbosarligiga tayinlangan. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Jo‘rayev Nodirjon Savriddinovich — 1981 yil 6 yanvarda Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. Ma'lumoti-oliy, huquqshunos.
2001 yil Toshkent davlat yuridik institutini (bakalavr), 2006 yil Toshkent davlat yuridik institutini (magistratura) tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2001 yilda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Idoraviy me'yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasining katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan. Keyinchalik mazkur boshqarmaning bosh maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan.
2003–2006 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasining bo‘lim boshlig‘i, 2006–2007 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Normativ-huquqiy hujjatlarning amalga oshirilishi ustidan monitoring qilish markazining yetakchi maslahatchisi, bosh maslahatchisi, bo‘lim boshlig‘i, 2007–2008 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasining boshlig‘i, 2008-2014 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qonunchilik bosh boshqarmasining boshlig‘i, 2014-2016 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta'minlash bo‘yicha tadqiqot markazining direktori, 2016-2017 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

Vazirning birinchi o‘rinbosari vazifalari:

- Qonunchilik bosh boshqarmasi faoliyatiga rahbarlik qilish;

- Jinoiy, ma'muriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi faoliyatiga rahbarlik qilish;

- Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasi faoliyatiga rahbarlik qilish;

- Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi faoliyatiga rahbarlik qilish;

- Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi faoliyatiga rahbarlik qilish;

- Huquqiy axborot bilan taminlash markazi faoliyatiga rahbarlik qilish vazifalari belgilangann.

Shuningdek, Adliya vazirligi tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha mas'ul rahbar etib tayinlangan.

Toshqulov Akbar Jo‘raboyevich - 1971 yil 21 sentabrda Jizzax viloyati Jizzax tumanida tug‘ilgan. Ma'lumoti – oliy, huquqshunos. 1994 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1994-1995 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xalqaro-huquqiy boshqarmasining katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan.

1995-1997 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qonunchilik va me'yoriy xujjatlar loyihalarini tayyorlash va huquqiy ekspertiza qilish boshqarmasi bosh maslahatchisi, 1997-2000 yillarda Xalq xo‘jaligida huquqiy ishlar boshqarmasining bo‘lim boshlig‘i, 2000-2002 yillarda Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi boshlig‘i, 2002-2003 yillarda Xalq xo‘jaligida huquqiy ishlar boshqarmasi boshlig‘i, 2003-2005 yillarda Xorijiy investitsiyalar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. 2005-2013 yillarda Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i, 2013-2017 yillarda Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan. 

Vazir o‘rinbosarining vazifalari:
- Jamoat, nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar boshqarmasi faoliyatiga rahbarlik qilish;
- Huquqiy targ‘ibot va huquqiy ta'lim boshqarmasi faoliyatiga rahbarlik qilish;
- Xalqaro-huquqiy boshqarmasi faoliyatiga rahbarlik qilish;
- Notariat, advokatura va FHDYo organlari boshqarmasi faoliyatiga rahbarlik qilish;
- Toshkent davlat yuridik universiteti faoliyatiga rahbarlik qilish;
- Yuristlar malakasini oshirish markazi faoliyatiga rahbarlik qilish;
- X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatiga rahbarlik qilish;
- Toshkent yuridik kolleji faoliyatiga rahbarlik qilish;
- Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litsey faoliyatiga rahbarlik qilish;
- “Adolat” nashriyoti faoliyatiga rahbarlik qilish;
- “Inson va qonun” huquqiy gazetasi tahririyati faoliyatiga rahbarlik qilish;
- “Huquq va burch” ijtimoiy-huquqiy jurnali tahririyati (muassislar bilan kelishgan holda) faoliyatiga rahbarlik qilish.

Adliya vazirining yana bir o‘rinbosari Usmonov Anvar Akramovich 2011 yildan buyon shu lavozimda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Uning vazifalari quyidagilar:

Tadbirkorlik sub'yektlari va xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasi faoliyatiga rahbarlik qilish;

- Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish boshqarmasi faoliyatiga rahbarlik qilish;

- Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasi faoliyatiga rahbarlik qilish;

- Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi faoliyatiga rahbarlik qilish vazifalari belgilansin.

Shuningdek, moliya-xo‘jalik faoliyatiga oid hujjatlarga birinchi imzo qo‘yish huquqi berilsin.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining o‘rinbosari - Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatinimoddiy-texnika jihatdan va moliyaviy ta'minlash departamenti direktori Qarshiyev Hamdam Aliqulovich hisoblanadi.

Unga sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta'minlash departamenti hamda uning hududiy bo‘linmalari faoliyatiga rahbarlik qilish vazifasi belgilangan.

Vazirlik rahbariyati o‘z xizmat joylarida vaqtincha bo‘lmaganda yoki ushbu lavozimlar vakant bo‘lgan taqdirda, o‘zaro o‘rindoshlik qilib turish quyidagicha belgilansin:

- vazir bo‘lmaganida, unga yuklatilgan vazifalarni bajarish vazirning birinchi o‘rinbosari zimmasiga;

- vazirning birinchi o‘rinbosari  N.Jo‘rayev bo‘lmaganida, unga yuklatilgan vazifalarni bajarish vazir o‘rinbosari A.Tashkulov zimmasiga;

- vazir o‘rinbosari A.Usmanov bo‘lmaganida, unga yuklatilgan vazifalarni bajarish vazir o‘rinbosari A.Tashkulov zimmasiga;

- vazir o‘rinbosari A.Tashkulov bo‘lmaganida, unga yuklatilgan vazifalarni bajarish vazir o‘rinbosari A.Usmanov zimmasiga;

- vazir o‘rinbosarlari bo‘lmaganida, ularga yuklatilgan vazifalarni bajarish vazirning birinchi o‘rinbosari N.Jo‘rayev zimmasiga;

- vazir o‘rinbosari - Sud departamenti direktori X.Karshiyev bo‘lmaganida, unga yuklatilgan vazifalarni bajarish vazir topshirig‘iga asosan Sud departamenti direktorining o‘rinbosarlaridan birining zimmasiga yuklatiladi. 

Mavzuga oid
Top