16 mart kuni Sirdaryo viloyatining Guliston şahrida joylaşgan “Yoşlar markazi” saroyida şoir Muhammad Ismoil ijodiga bağişlangan badiiy keça bölib ötdi. 

Keçani viloyat xokimining Yoşlar masalalari böyiça örinbosari Otabek Abduğaniyev oçib berdi. Filologiya fanlari doktori, professor Ravşan Mahmudov Muhammad Ismoil ijodidagi vatanparvarlik, xalqçillik, ona Vatanga mehru-muhabbat  yuksak ekanligi haqida atrofliça töxtalib ötdi. 

Şuningdek, mazkur tadbirda Davlat mukofoti sovrindori, Özbekiston xalq şoiri Omon Matjon, Özbekiston va Turkmaniston xalq artisti Bobomurod Hamdamov, Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi Ahmadjon Otajonov, xonanda Karimboy Rahmonov,  “Şuhrat” medali sovrindori Botirjon Ergaşev, şoir Şarofiddin Boltaboyev, taniqli xonanda Alimardon Omonturdiyev iştirok etişdi. Muhammad Ismoil tadbir iştirokçilariga özining yangi naşrdan çiqqan “Menga söz bering” deya nomlangan  kitobini sovğa sifatida ulaşdi.