Rossiyaning «MIFI» (Moskovskiy injyenerno-fiziçeskiy institut - Moskva muhandislik-fizika instituti) milliy tadqiqot yadroviy universiteti (MTYaU) Toşkentdagi filialiga ilk abituriyentlarni qabul qilişga faol tayyorgarlik körmoqda. Oliy ta'lim muassasasasi (OTM)ga qabul kampaniyasi şu yilning iyun oyidan boşlanadi, deya xabar berdi Kun.uz muxbiri «MIFI» MTYaU filiali rahbari Alişer Sanetullayevdan olingan ma'lumotlarga asoslanib.
"Hozirda «MIFI» MTYaU filiali oçilişiga tayyorgarlik işlari bir neça yönaliş böyiça faol ketmoqda: bu filialning ta'lim faoliyatini "Rosobrnadzor" (Rossiyaning ilm-fan va ta'lim sohasini nazorat qiluvçi Federal xizmat)da lizenziyalaş, davlat budjetidan moliyaviy vositalarni oliş, ma'muriy personal hamda professor-öqituvçilarni töplaş. Bundan taşqari, boş OTM bilan birga filialda qabul kampaniyasini yölga qöyişga doir detallar ustida iş olib borayapmiz, bu iyun-iyul oylariga möljallangan", - deya ma'lum qiladi Alişer Sanetullayev.
«MIFI» MTYaU filialiga abituriyentlar fizika, matematika va rus tili böyiça imtihonlar natijalariga köra saralanadi. Eng köp ball töplagan 100 nafar abituriyent öqişga qabul qilinib, davlat granti asosida bepul ta'lim olişi mumkin böladi. Qabulning qadamma-qadam algoritmi yaqin orada «MIFI» MTYaU filiali saytida taqdim etiladi.
Joriy yilda saralov faqat bakalavr dasturlariga tört ixtisoslik böyiça ötkaziladi:
· Yadroviy energetika va issiqlik fizikasi;
· Yadroviy fizika va texnologiyalar;
· Issiqlik energetikasi va issiqlik texnikasi;
· Elektr energiyasi va elektr texnikasi.
OTM talabalari xalqaro standartlarga muvofiq yadroviy energetika va issiqlik fizikasi böyiça muhandislik-texnik mutaxassisliklariga öqitiladi.
"Biz asosiy e'tiborni Özbekistonda qurilişi rejalaştirilayotgan AES uçun kadrlar tayyorlaşga qaratamiz. Şunga qaramay, olingan bilim va könikmalar bitiruvçilarga aralaş yuqori texnologik sohalarda öz örinlarini topiş imkonini beradi. «MIFI» MTYaU xalqaro darajadagi universitet maqomiga ega bölib, nafaqat yadroviy texnologiyalar sohasida, balki boşqa ilmiy sohalarda ham xalqaro standartlar talabiga javob beruvçi yuqori toifali mutaxassislarni tayyorlaş bilan şuğullanadi", - dedi Alişer Sanetullayev.
Uning sözlariga köra, bir neça yildan keyin, ilk yadroviy mutaxassis bitiruvçilari çiqarilayotganda filialda magistratura dasturi oçilişi mumkin. Hozirça Özbekistondagi OTM bitiruvçilari magistratura dasturi böyiça faqat Moskvadagi boş bölimda ta'lim olişi mumkin.












