24-sentabr – Yaponiya mezbonligida ötayotgan Osiyo öyinlarida Özbekiston delegatsiyasi uçun sermahsul kun bölmoqda.
Sport gimnastikasi böyiça Özbekiston jamoasi aʼzosi Ötkirbek Jörayev ham delegatsiyaga navbatdagi oltin medalni taqdim qildi. Dastakli ot maşqida iştirok etgan uşbu sportçi 14.733 ball bilan eng yaxşi natijani qayd etdi. Bu delegatsiya uçun kun davomida qölga kiritilgan törtinçi, turnir boşidan buyon beşinçi oltin medalga aylandi.
Qiliçbozlik böyiça Özbekiston jamoasi aʼzosi, 2023-yilgi Osiyo öyinlari ğolibi bölgan Zaynab Dayibekova esa kumuş medal bilan kifoyalandi.

U öz iştiroki davomida guruh bosqiçida Qozoğiston, Tojikiston, Eron, Tailand, Hindiston va Janubiy Koreya vakillarini mağlub etdi, nimçorak finalda yana eronlik Najmia Sazanjiyonga qarşi kuraş olib bordi va yana osonlik bilan ğalaba qozondi (15:2), çorakfinalda esa öz jamoadoşi Gulistan Perdebayevadan ustun keldi (15:14), yarimfinalda xitoylik Pan Ximiaoga imkoniyat qoldirmadi (15:8), ammo final bahsida ikki karra jahon çempioni, yaponiyalik Misaki Emuraga 14:15 hisobida imkoniyatni boy berib qöydi.
Özbekiston delegatsiyasi kun davomida hozirça 15 ta medal oldi: 4 ta oltin, 8 ta kumuş va 3 ta bronza.
Endi jami 5 ta oltin, 12 ta kumuş va 8 ta bronzaga ega bölgan delegatsiya umumiy reytingda 6-öringa kötarildi.










