Superliganing 25-turida çempionlik uçun kuraş olib borayotgan klublar bahslaşdi.
Superliga, 25-tur
23-oktabr, Toşkent, «Paxtakor» stadioni
PAXTAKOR - NEFTÇI 1:3
Gollar: Dostonbek Hamdamov (23 pen) - Stipe Peritsa (55), Koffi Kuao (66), Jamşid Iskanderov (89 pen)
«Paxtakor»: Vladimir Nazarov, Zayd Tahsin (Dilşod Abdullayev 79), Dilşod Saitov (Ayman Husayn 83), Ibrohim Ibragimov, Dostonbek Hamdamov (Oybek Bozorov 75), Başar Resan (Hojiakbar Alijonov 75), Abdurauf Böriev, Şerzod Nasrullayev, Flamarion, Muhammadrasul Abdumajidov, Stefan Çinedu.
«Neftçi»: Botirali Ergaşev, Boyan Siger, Ikrom Aliboyev, Vladimir Yovoviç (Ratino 70), Jamşid Iskanderov, Nurmuhammad Abduğaniev (Abror Ismoilov 46), Anvar Ğofurov, Muhsin Ubaydullayev (Alişer Odilov 46), Zoran Maruşiç (Stipe Peritsa 31), Farruh Sayfiev, Koffi Kuao (Ibrohimhalil Yöldoşev 70)
Ogohlantirişlar: Zayd Tahsin 72, Ikrom Aliboyev 80
Çetlatiş: Dilşod Abdullayev (Paxtakor, 88)
23-oktabr kuni Toşkentda «Paxtakor» va «Neftçi» özaro töqnaş keldi.
Norasmiy ravişda «Özbek Klasikosi» nomini olgan bahs qizğin va keskin kuraşlarga boy ötdi.
23-daqiqada mezbonlar hujumçisi Dostonbek Hamdamov penaltini aniq amalga oşirib, hisobni oçdi.
55-daqiqada Stipe Peritsa yaqin masofadan darvozani «öqqa tutib» hisobni tenglaştirdi.
66-daqiqada öng qanotdan jarima maydoniga yorib kirgan Koffi Kuao farğonaliklarga ğalaba keltirgan golni urdi.
89-daqiqada Jamşid Iskanderov penaltini aniq amalga oşirdi.
Bu natijadan söng, «Neftçi» (58 oçko) va «Paxtakor» (53 oçko) örtasidagi farq 5 oçkoga yetdi. Çempionat yakuniga qadar yana 5 ta tur bor.


















