Turkiya 4 ta gol ötkazdi, Zidan hissiyotlariga erk berdi
|12:07 / 29.09.202629 99411 min
Millatlar ligasi guruhlarida 2-tur öyinlari davom etmoqda. Italiya safarda yirik ğalabaga erişdi, Fransiya Belgiya bilan öyinda qiynaldi.
Foto: Joris Verwijst/Getty Images/translyatsiyadan kadr Maykl Olise va Usmon Dembele ğalaba golini nişonlamoqdaFoto: Joris Verwijst/Getty Images/translyatsiyadan kadr Maykl Olise va Usmon Dembele ğalaba golini nişonlamoqda
A ligasi, 1-guruhi
Zidanda yana minimal ğalaba
Belgiya – Fransiya 0:1 Gol: Olise, 88 (0:1) Belgiya: Lammens, Mehele, Ngoy, Seys (De Kyuyper, 68), Kastan, Lavia (Raskin, 85), Tilemans, De Bryuyne (Vanaken, 63), Godts, Moreyra (Lukebakio, 63), De Ketelare (Fernandes-Pardo, 85) Fransiya: Menyan, Jake, Lakrua, Diuf, Kalulu, Da Kunya (Kone, 90), Kamavinga, Akliuş (Şerki, 77), Barkolya (Olise, 77), Due, Lepol (Dembele, 68) Ogohlantirişlar: Moreyra, 42. De Bryuyne, 57. Tilemans, 66
Fransiya milliy jamoasi Zinedin Zidan boşqaruvida ikkinçi öyinini ötkazdi. 1-turda Turkiya maydonidan qiyin ğalaba (1:0) bilan qaytgan fransuzlar bu turda Belgiyaga safar qilişdi. Zidan bu öyinda qator yetakçilarni (Dembele, Olise, Şerki, Yupamekano va Rabio kabilar) zaxirada qoldirdi, Mbappe esa jarohat tufayli safdan çiqqan. Natijada köpçilik muxlislar uçun notaniş bölgan Lukaş Da Kunya, Esteban Lepol, Jeremi Jake, Andi Diuf kabi futbolçilar ilk daqiqalardan maydonga tuşdi.
Fransuzlar töpga egalik qilişdi va köproq zarba berişdi (10 ga qarşi 18 ta, şundan 9 tasi darvoza sohasiga töğri borgan), ammo Mark van Bommel boşqaruvidagi belgiyaliklar ham tengma-teng kuraş olib borişdi va bir qança xavfli vaziyatlar yaratişdi. Masalan, birinçi bölimda Kevin de Bryuyne Şarl de Ketelareni böş darvoza qarşisiga çiqargandi, ammo hujumçi töpga moslaşa olmadi.
Natijada barçasi öyin oxirida, 88-daqiqada hal böldi: Zidan baribir asosiy tarkib futbolçilariga murojaat qilişiga töğri keldi va 77-daqiqada Şerki hamda Oliseni maydonga taşladi. Birinçisi pas berdi, ikkinçisi töp bilan jarima maydoniga kirib borib, ikki himoyaçi yölini tösib çiqqaniga qaramay, töpni burçakka aniq yönaltirdi.
Sönggi daqiqalarda urilgan ğalaba golini esa Zinedin Zidan hissiyotga berilib nişonladi. Öz qarori töğri çiqqanidan xursand bölgan murabbiy maydon çetida örnatilgan töpni kuç bilan tepib yubordi va oldinga yugurdi.
Öttiz yil muqaddam Vinçenso Montella va Roberto Mançini Sven-Yoran Eriksson boşqaruvidagi «Sampdoriya»da hujum tandemini taşkil etardi. Yoş Vinsenso öşanda genuyaliklar jamoasiga endigina kelgandi. Roberto esa oxirgi mavsumini ötkazayotgandi va bu forvardlar juftligi öşa mavsumda birgalikda 37 gol urişadi. Keyinroq ular Italiyada klublar murabbiylari sifatida töqnaşgandi: Montella boşqaruvidagi «Fiorentina» Mançinining «Inter»ini mağlub etgan, keyinroq milanliklar Montellaning navbatdagi jamoasi «Sampdoriya»dan ustun kelgan. Endi ular terma jamoalar miqyosida uçraşişdi.
Yomğirli Istanbulda italyanlar özini juda qulay his qilişdi va ilk daqiqlaardan hujumkor öynaşdi. Avvaliga Pio Espozitoning xavfli zarbasini darvozabon Oltoy Bayindir barmoqlari uçlari bilan töxtatişga erişgandi, ammo keyingi hujumda hisob baribir oçildi: burçak zarbasi yerlatib öynalganida himoyaçi Zeki Çelik töpni tepib yubora olmadi, Bastoni esa jarima maydoni markazidan turib darvozani işğol etdi. Bu Italiyaning Mançini boş murabbiylikka qaytganidan keyingi ilk goli böldi.
Bölim örtalarida esa himoyaçi Maykl Kayodening hujumga qöşilişi gol bilan yakunlandi. Uning zarbasidan keyin darvozabon töpni qaytargandi, ammo töp Frattezining oyoqlari ostiga kelib tuşdi. «Skuadra adzurra» hujum qilişda davom etdi va 27-daqiqadayoq uçta töp farqi bilan oldinga çiqib oldi: bu safar Kayodening özi barçasini hal qildi.
Ikkinçi bölim boşida turklar öziga kelgandek böldi va Bariş Yilmaz hisobni qisqartirdi. Ammo mehmonlar tezda törtinçi golni ham urişdi: Tonalining zarbasidan keyin ustundan qaytgan töpga birinçi bölib Pio Espozito yetib bordi. Qolgan vaqt mobaynida Turkiyaning intrigani qaytarişga bölgan urinişlari besamar ketdi.
Italiya nihoyat yorqin öynay boşladi va dastlabki oçkolarni qölga kiritdi, Turkiyada esa ikki turdan keyin birorta ham oçko yöq.
Polyaklar ilk daqiqalardanoq şvedlarning kuçli bosimi ostida qoldi va bu hujumlar burçak zarbasi orqali tezkor gol urilişi bilan yakunlandi. Lindelyofning uzatmasi şunçalik muvaffaqiyatli çiqdiki, töp darvoza qarşisida turgan Nugrenning boşiga yetib bordi. Birinçi bölim örtalaridan esa «Oq burgutlar» taşabbusni öz qöliga olişdi va mezbonlar darvozaboni bir neça bor qahramonlik qilişiga töğri keldi. Ammo bölim oxirida Şimanski Zalevskining qanotdan uzatmasiga yetib borib, hisobni tenglaştirdi.
Şvetsiya esa tanaffusdan katta iştiyoq bilan qaytdi va yana ketma-ket hujumlar bilan raqibning közini oçirmadi, bu hujumlar yakunida yana kornerdan ikkinçi golni urdi. Töp yerlatib Ayari turgan nuqtaga yetkazib berildi, «Brayton» futbolçisi bir harakat bilan himoyaçini yöldan oldi, ikkinçi harakatida qaytarib bölmas zarba yölladi. Grem Potterning öyin uçun işlanmalari özini oqladi, Yokereş esa qatorasiga ikkinçi öyinni ham golsiz tark etmadi. «Arsenal»da Kay Havers yaxşi sport formasida ekani tufayli bu mavsum startida zaxirada qolib ketgan futbolçi terma jamoa yiğinida öziga bölgan işonçni va sport formasini tiklamoqda. Şvedlar esa qatorasiga ikki ğalabadan keyin guruh jadvalida yakkapeşqadam bölib olişdi.
Ruminiy öz maydonidagi öyinni muxlislarsiz ötkazişga majbur böldi – UEFA mahalliy muxlislarning 2024-yil Kosovoga qarşi öyindagi xatti-harakatlari uçun intizomiy jazo qöllagandi. Bu kunning eng sermahsul öyiniga aylandi: öz muxlislari qöllovisiz qolgan mezbonlar birinçi bölimdayoq uçta gol ötkazib yuborişdi, bu gollarga Birlidjaning birgina goli bilan javob qaytarildi, ikkinçi bölim boşida esa bosniyaliklar törtinçi golni ham urişdi. Ruminiya yana bir bor hisobni qisqartirdi, ammo baribir intrigani qaytara olmadi. George Haji jamoasi qatorasiga ikki öyinda yutqazib, guruh jadvalida sönggi örinda bormoqda.
Şimoliy Irlandiya – Vengriya 0:0 Şimoliy Irlandiya: P. Çarlz, Makkonvill, Braun, Atçeson, Gelbreyt, Ş. Çarlz, Devenni, Hyum, Prays (Magennis, 88), Kelli (Spenser, 70), Donli (D. Çarlz, 70) Vengriya: B. Tot, Çinger, Orban, Kerkez, Bolla (Oşvat, 34), Şefer, Çenvay (Vitaliş, 76), Syuç (A. Tot, 55), Soboslai, Yurek (Baran, 55), Lukaç (M. Tot, 77) Ogohlantirişlar: Gelbreyt, 16. Prays, 31. Donli, 45. Ş. Çarlz, 77 – Çenvay, 42
Gurjiston milliy jamoasi birinçi turda Şimoliy Irlandiyaga qarşi öta nursiz öyin körsatganidan (0:1) keyin mahalliy federatsiya 2021-yildan buyon jamoani boşqarib kelgan Villi Saniyolni isteʼfoga çiqardi va uning örniga yoşlar jamoasi ustozi Ramaz Svanadzeni yangi boş murabbiy etib tayinladi. 45 yoşli mutaxassis boşqaruvidagi ilk öyinda gurjilar ukrainlarga qaraganda yaxşiroq harakat qilişdi, ikki baravar köproq zarba berişdi (14:7), ammo baribir gol ura olişmadi.
Guruhdagi ikkinçi öyinda ham muxlislar gol körişmadi. Şimoliy Irlandiya va Vengriya öyini köproq qöpolliklar bilan yodda qoldi va hakam olti marta kartoçkalarini çöntagidan çiqardi.
2-oktabr. Vengriya – Gurjiston, Ukraina – Şimoliy Irlandiya.
Armaniston öz uyida Çernogoriya bilan quvlaşmaçoq öynab, yutqazdi – 2:3. Mezbonlar öyin davomida ikki bor hisobni tenglaştirişdi, ammo durangni uşlab qola olişmadi: hal qiluvçi gol 89-daqiqada urildi. Öyining asosiy haylayti – Eduard Spersyanning ikkinçi bölim örtalaridagi goli böldi: u raqibning uç futbolçisidan qoçib ketdi va töpni jarima maydoni taşqarisidan yöllangan zarbasi bilan töqqizlikka joylaştirdi.
Latviya va Kipr öyinida esa birorta gol urilmadi – 0:0. Kipr köproq vaqt davomida töpga egalik qilib, 18 bor zarba berdi va 1,19 xG körsatkiçini qayd etdi, ammo safardan birgina oçko bilan qaytdi.
2-oktabr. Kipr – Armaniston, Latviya – Çernogoriya.