Ğuzor tumanida maktab öquvçilari ğöza defoliatsiyasidan zaharlandi. Içki işlar vazirligi holat yuzasidan rasmiy axborot berdi.

Maʼlum qilinişiça, 23-sentabr kuni soat 11:45 larda Ğuzor tumanidagi 51-sonli umumiy örta taʼlim maktabining 22 nafar öquvçisi köngil aynişi va boş oğriği kabi alomatlar bilan tuman tibbiyot birlaşmasiga olib kelingan.

Örganişlar natijasida aniqlanişiça, maktab binosi joylaşgan Yangiobod mahallasiga tutaş hududda “Şoxmalik Şermurod öğli” fermer xöjaligiga tegişli jami 88 gektar yer maydoni mavjud bölib, şundan 20 gektari maktab atrofida joylaşgan. Mazkur yer maydonlariga paxta ekilgan.

Dastlabki maʼlumotlarga köra, şu kuni soat taxminan 9:00 larda fermer xöjaligi tomonidan paxtaning erta yetilişini taʼminlaş maqsadida “Agro Augron” nomli dori vositasi sepilgan. Buning oqibatida maktabda bölgan 10–11-sinflarning 22 nafar öquvçisi havo orqali zaharlanganlik alomatlari bilan tibbiyot muassasasiga yotqizilgan. Ularga birlamçi “Oşqozon dispepsiya sindromi“ taşxisi qöyilgan.

Hozirda 7 nafar öquvçi Ğuzor tuman tibbiyot birlaşmasida statsionar davolanmoqda. Qolgan 15 nafar öquvçiga soğliği yaxşilanganligi munosabati bilan yaşaş manziliga javob berilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 201-moddasi 1-qismi (zararli kimyoviy moddalar bilan muomalada böliş qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Holatga huquqiy baho beriş maqsadida tegişli ekspertizalar tayinlangan.

Hozirda Qaşqadaryo viloyati IIB Tergov boşqarmasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.